Doimo ardog‘imizdasiz

27.02.2018, 15:25

Doimo ardog‘imizdasiz

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan Paxtakor tumanida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, onaxonlar xolidan xabar olindi.

Dastlab tashkilotchilar Paxtakor tumani “Oltinko‘l” MFY, A.Qodiriy ko‘chasi 9/6 uyda yashovchi onaxon Marhamat Pirimqulova xonadonida bo‘ldi.

– Yoshim 77da, – deydi M.Pirimqulova. – Ikki o‘g‘lim bor edi. Biri kasallikdan, biri avtohalokat tufayli bevaqt olamdan o‘tdi.  Hozir  yolg‘iz yashayman. Uyim nixoyatda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bugun homiylar yordamida uyimizni ta’mirlab berishini ma’lum qilishdi. Ochig‘i, ularning tashrifidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.

Tadbir davomida partiya faollari  joylarda bo‘lib, yolg‘iz xotin-qizlar, onaxonlar, holidan xabar olishdi, ularga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. 

  Sh.HASANOVA,

                 O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+