“GM Uzbekistan” Xorazm viloyat filiali xodimlarining o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda O‘zLiDeP yordam beradi

27.02.2018, 15:31

“GM Uzbekistan” Xorazm viloyat filiali  xodimlarining o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda O‘zLiDeP yordam beradi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan “GM Uzbekistan” AJ viloyat filialida “Yuksak ma’naviyatli yoshlar – yurt tayanchi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda korxona xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, BPT raislari, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

– Yoshlar demokratik va iqtisodiy taraqqiyotimiz, xalqimizning o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erishishida hal qiluvchi kuch, – deydi  GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori, viloyat Kengashi deputati S.Jumaniyazov. – Shu bois o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zligimizga hurmat ruhida kamol toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar hayotga tatbiq etildi. Bu borada yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish borasida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan qator islohotlar o‘z natijasini  berayotir.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Hazorasp tumani prokuraturasi xodimi M.Kazakov so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qabul qilinayotgan qarorlar mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan ishtirokchilarga kengroq ma’lumotlar berib o‘tdi.

– Bugun biz mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan yoshlar masalasida, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida atroflicha suhbatlashib oldik, – deydi BPT a’zosi A.Xolmatov. – Shu bilan birga, rahbariyatimiz tomonidan bizga ishdan bo‘sh paytlarimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimiz, issiqxona tashkil qilishimiz, parrandachilik bilan shug‘ullanishimiz uchun ko‘mak berilishi ham aytib o‘tildi. Bu esa bizga  kelgusida o‘z tadbirkorlik faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishimizda muhim omil  bo‘ladi.

Tadbirda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ishchi-xizmatchilar ro‘yxati shakllantirildi va partiya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+