O‘zLiDeP deputati 4 ta mo‘jaz kutubxona tashkil etdi (+FOTO)

27.02.2018, 19:22

O‘zLiDeP deputati 4 ta mo‘jaz kutubxona tashkil etdi (+FOTO)

Mamlakatimizda  kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar e’tiborga molik. Xususan, “O‘zLiDeP kutubxonalari” loyihasi doirasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuksak samara berayotir.  

– Mazkur loyiha asosida viloyatning har bir mahallasida kutubxona tashkil etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarni mutolaaga o‘rgatish ko‘zda tutilgan, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari buyicha o‘rinbosari I.Sattarov. – Birgina o‘tgan 2017 yilda mazkur maqsadlarda joylarda 10 dan ortiq “O‘zLiDeP kutubxonalari” tashkil etildi.

– Mazkur loyiha asosida viloyatimizdagi barcha tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik qilyapmiz, – deydi Ma’rufjon Mo‘minov. – O‘zim saylangan “28-Yakkatut” saylov okrugi hududida 4 ta ana shunday mo‘jaz kutubxona tashkil etdik. Kelgusida ularning sonini 500 taga yetkazish niyatidamiz.   

 

Ha, kitob insonning fikrini teranlashtiradi, savodxonligini yuksaltiradi.  Asosiysi, kitoblar qanday mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat va faqat yaxshilikka, ezgulikka xizmat qiladi. Shunday ekan bugun yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdek xayrli ishlarda har birimiz faol va tashabbuskor bo‘lishimiz lozim.

 Мусохон ЮСУПЖАНОВ,

O‘zLiDeP Наманган вилоят Кенгаши

ёшлар билан ишлаш бўлими мудири

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1758
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+