Ayollarni jinoyatdan asraylik

28.02.2018, 10:44

Ayollarni jinoyatdan asraylik

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan “Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas” shiori ostida “Ayollarni jinoyatdan asraylik” mavzuida tashkil etilgan tadbirda bu haqda alohida ta’kidlandi.  

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

– Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda, – deydi Navoiy viloyat IIB mas’ul xodimi Sh.Hayitov. – Shunga qaramay xotin-qizlar orasida diniy ekstremizm, terrorizm, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari ham uchrab turibdi. Xususan, 2017 yil davomida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida 518 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2018 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 20 tani tashkil etmoqda.  

Tadbirda xotin-qizlarning siyosiy-huquq bilim va ko‘nikmalarini oshirish, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1583
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+