O‘zLiDeP ko‘magida “Bog‘iston” va “Yakka terak” mahallasida 33 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi

28.02.2018, 15:35

O‘zLiDeP ko‘magida “Bog‘iston” va “Yakka terak” mahallasida  33 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi

Xalqimiz ochiq muloqotlarda o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarga javob topayotgani xursand. Zero, bunday muloqotlarda xalqimizning muammolariga ijobiy yechim topilyapti. Albatta, bunday xayrli ishlarda O‘zLiDePning ham munosib hissasi bor.

Partiya Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotning navbatdagisi Qiziriq tumanidagi “Bog‘iston” va “Yakka terak” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda partiya faollari va “Agrobank” tuman filiali xodimlari tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlik sohasiga jalb qilish  borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumotlar berilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida yurgan yurtdoshlarimizga  issiqxona qurish va parandachilik fabrikalari tashkil etish uchun 7 foizlik imtiyozli kreditlar taklif qilindi.

– O‘zLiDeP faollari tashabbusi bilan mahallamizdagi 14 xonadonda parandachilik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 19 xonadonda issiqxona tashkil etildi, – deydi “Yakka terak” MFY raisi Mamatqobil Eshmamatov. – Aytish joiz, bu kabi muloqotlar mahalladagi mavjud muammolarni yana bir bor tahlil qilish va aholini qiynab kilayotgan muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Tadbir davomida kollej bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha aniq taklif-tavsiyalar berilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda. Buning uchun tadbir tashkilotchilaridan  minnatdormiz.

Ta’kidlash joiz, bu kabi uchrashuvlar viloyatning barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

         Murod EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1678
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+