Xorazmda partiya xodimlarining siyosiy bilimini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

28.02.2018, 18:09

Xorazmda partiya xodimlarining siyosiy bilimini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi tashabbusi bilan Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng tarzda o‘rganish hamda mazkur Murojaatnomadan kelib chiquvchi partiya hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalarga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Xorazm viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

­ Asosiy maqsad partiya xodimlarining siyosiy bilimini oshirish ekan, albatta, bo‘lib o‘tgan siyosiy o‘quvda ham davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan har bir qaror, farmon, va qonunlarning mazmun-mohiyati ko‘rib chiqildi. Xodimlarning mas’uliyatli vazifalari borasida to‘xtalib o‘tildi.

– Ish boshlaganimga hali bir oydan oshgani yo‘q. Deputatlar bilan ishlashda tajribam kamligi uchun ancha qiynalardim, – deydi Shovot tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi R.Bobojanova. – Qisqa 3 kunlik o‘quv-seminar davomida esa hujjat yuritishdan tortib, partiyaning barcha maqsad-vazifalari, deputatlik guruhi tomonidan sessiyaga masala kiritishgacha ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldim. Kelgusida tuman Kengashi faoliyatini xalq noiblari bo‘lgan deputatlarimiz bilan birgalikda yanada jonlantirishga, ular bilan elektoratimiz manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga astoydil kirishamiz.

Seminarda ishtirokchilar doimiy komissiyalar hamda mahalliy Kengash sessiyalariga masala kiritish mexanizmi, ish reja va hisobotlarni tayyorlash, hujjatlar yuritish va BPTda xisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazish tartiblari haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar olishdi. 

Quvonchbek Hamroyev,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+