O‘zLiDeP tashabbusi bilan zominlik 10 nafar xotin-qizga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi (+foto)

O‘zLiDeP  tashabbusi bilan zominlik 10 nafar xotin-qizga  bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi (+foto)

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Zomin tumanidagi “Azim Zomin Shifo” sog‘lomlashtirish maskanida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish omillari” mavzuida  amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash borasida partiya Ayollar bilan ishlash bo‘limi tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar hususida so‘z yuritildi.  

­–Tibbiy ko‘rikdan o‘tish, o‘z sog‘lig‘ingiz va bo‘lajak juftingizning sog‘lig‘idan boxabar bo‘lishingiz kelgusida sog‘lom oila barpo etish, jamiyatimizga sog‘lom, baquvvat va barkamol avlodni yetishtirib berishga xizmat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Shoira Hasanova. – Shu bois, partiyamiz tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida ta’lim muassasasi va mahallalarda bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi tadbir davomida 30ga yaqin xotin-qizlarimiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 10 nafar ayollarga “Azim Zomin Shifo” sog‘lomlashtirish maskanida bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan siyosiy yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatda qabul qilinayotgan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan boshqa loyihalari va tanlovlar haqida kengroq ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘nggida Zomin tumanidagi “Azim Zomin Shifo” sog‘lomlashtirish maskanida boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, 30 nafar xodimga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1723
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+