O‘zLiDeP tashabbusi bilan Namanganda 40 dan ortiq xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

01.03.2018, 14:00

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Namanganda 40 dan ortiq xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Mustaqillikning ilk yillaridanoq, yurtimizda sog‘lom ona — sog‘lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Keng ko‘lamli umummilliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ayollar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishiga zarur shart-sharoitlar yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

2017 yil  4 aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘tgan davr mobaynida hujjat ijrosini ta’minlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati ­– O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbir ham mazkur qaror ijrosiga bag‘ishlandi.

- Bugun ayollar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri - ko‘krak bezi saratoni kasalligidir, ­- deydi oliy toifali shifokor  Bahrom Ro‘zimov. – Shu bois o‘tgan vaqt davomida ushbu kasallikning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2017 yil oktabr oyidan hozirgi kunda qadar 421 nafar ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bugungi tadbir ham 40 dan ortiq xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga hamda ularga kerakli maslahatlar berishga imkoniyat yaratib berdi.

 Tadbirda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bunday tadbirlarni viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazishga kelishib olindi.

H. Iminjanova,

 O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+