“Agrobank” ATB G‘allaorol tuman filiali rahbari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

01.03.2018, 22:37

“Agrobank” ATB G‘allaorol tuman filiali rahbari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida “Agrobank” ATB G‘allaorol tuman filiali boshqaruvchisi Umid Bo‘ltakov hisobot berdi.

 Hisobotda ta’kidlanganidek, “Agrobank” ATB G‘allaorol tuman filiali tomonidan aholining keng qatlamlari va tadbirkorlik sub’ektlarining imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlanishini kengaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlashni amalga oshirish maqsadida  2017 yilning o‘tgan davri mobaynida 401 nafar fuqarolarga jami 2.6 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilgan.

 Ushbu kreditlarning barchasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi, ya’ni 9 foizdan oshmagan foiz stavkasida imtiyozli kreditlar ajratilganligi hisobotda ta’kidlab o‘tildi. Xususan,

-chorvachilik uchun 188 ta sub’ektlarga jami 1.4 mlrd.so‘m;

-parrandachilik uchun 146 ta sub’ektlarga jami 763 mln.so‘m;

-bog‘dorchilik uchun 15 ta sub’ektlarga jami 91,4 mln.so‘m;

-yangi issiqxonalar tashkil qilish uchun 30 ta sub’ektlarga jami 9,7 mln.so‘m;

-asalarichilik uchun 2 ta sub’ektlarga jami 14,8 mln.so‘m;

-quyonchilik uchun 7 ta sub’ektlarga  jami 9.7 mln.so‘m;

-baliqchilik uchun 3 ta sub’ektlarga  jami 15.0 mln.so‘m;

-tikuvchilik uchun 10 ta sub’ektlarga jami 54 mln.so‘m  mikrokreditlar ajratildi.

Shuningdek, filial tomonidan 2017  yilning o‘tgan davri mobaynida 21 ta tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 1.2 mlrd.so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 6 ta sub’ektlarga 533.0 mln so‘m, qishloq xo‘jalik yo‘nalishida 32 ta fermerlarga 197.0 mln so‘m, 191 nafar oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan talabalarga 610.0 mln so‘m, 252 nafar fuqarolarga oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida 1.3 mlrd so‘m moliyaviy iste’mol kreditlari va ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida 191.0 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Mutasaddi tashkilot rahbarining hisobotini partiya deputatlik guruhi vakillari tanqidiy-tahliliy muhokama qilishdi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.                            

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    2287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+