Quyi bo‘g‘inlar jonlandi

02.03.2018, 11:52

Quyi bo‘g‘inlar jonlandi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Alanga” yong‘inga qarshi kurash sho‘‘ba korxonasida faoliyat yuritayotgan BPTda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda partiya faollari bilan birga BPT ham “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash hamda xalqimiz ayniqsa, uning faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganishga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etib kelayotgani ta’kidlandi.

–Bugun O‘zLiDePning viloyat kengashi vakillari va deputatlik guruhlari, qolaversa, partiyaning har bir a’zosi Harakatlar strategiyasi hamda Davlat dasturida belgilangan hayotbaxsh vazifalarni samarali amalga oshirishga qattiq bel bog‘lagan, – deydi O‘zLiDeP faoli Muqaddas Bozorova. – Shu bilan birga, joylarga aholi orasiga tushib, ishlarni jonlantirish, har bir hududda tadbirkor va fermerlarni o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va ularga yechim topishga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi tadbir davomida ham Samandar To‘raboyev va O‘tkir Erkinovlarga o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etishiga ko‘maklashdik.

Tadbirda partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkor va fermerlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni imkon qadar tezroq hal etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Erkinjon AHMEDXODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+