“Ishlamagan kunimga soliq to‘lamayman”, deydi O‘zLiDeP sayyor qabulida ishtirok etgan kogonlik yosh tadbirkor

03.03.2018, 15:17

“Ishlamagan kunimga soliq to‘lamayman”, deydi O‘zLiDeP sayyor qabulida ishtirok etgan kogonlik yosh tadbirkor

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Buxoro viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya  deputatlik guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruhining sayyor qabullari davom etmoqda. Navbatdagi yuzma-yuz muloqot Kogon shahrida bo‘lib o‘tdi.

– Tadbirkorlik faoliyatimni boshlashda qiyinchiliklarga duch kelgan edim, – deydi Gulshoda Murtazoyeva. – Shu bois ro‘yxatdan o‘tmay tikuv sexi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandim. Ammo oradan 2-3 kun o‘tib, soliq idorasi xodimlari faoliyatimni ta’qiqlab qo‘yishdi va menga katta miqdorda jarima solishdi. Faoliyatimni qayta tiklashim uchun jarimani to‘lashim, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsatmagan davr uchun ham soliq to‘lashim kerakligi tushuntirildi. Hisoblab qarasam, buning uchun taxminan 2 milliondan ko‘proq mablag‘ talab qilinar ekan. Menda esa buncha mablag‘ yo‘q. Sayyor qabul tashkilotchilaridan mening zararimga hisoblangan jarima miqdorini qayta ko‘rib chiqishlarini so‘rayman.  

Mazkur murojaat tuman prokurori B.Yarashev va Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Hasan SALOMOV,

O‘zLiDeP matbuot xizmati  xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1584
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

насиба2018-06-16 15:47:58

Мен 1995 йилда минг бир кийинчилик билан тадбиркорлик фаолиятини йулга куйган эдим. узим филологман. Катор юксак максадларим бор эди. Туман солик идораси рахбарияти ва ходимлари кунора 10 киши булиб кечкурун келишиб, видеокамераларга мени ва фарзандимни олишиб, фаолият юргизишга кескин каршиликлар килишган. Иродам бутунлиги сабаб хаммасига чидаганман. Бирок рухим синган. Кулим ишдан совиган эди. Илтимос, тахририят ходимлари, мен билан богланишингизни илтимос киламан.


Fikringizni qoldiring

+