Hokim va’da berdi

03.03.2018, 15:32

Hokim va’da berdi

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Kogon shahri “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. Unda yaqindagina jazo muddatini o‘tab qaytgan Baxtiyor Bo‘riyev murojaati ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.  

– To‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydi, deganlari rost ekan, – deydi B.Bo‘riyev. – Buni o‘z hayotimda ham his etdim. Jazo muddatini o‘tab qaytgach, payvandlash sexini tashkil etdim. Hozirda 3-4 hunarmand bilan buyurtma asosida temir darvoza va panjaralar tayyorlayapmiz. Endigi maqsadim ana shu sex faoliyatini kengaytirishdan iborat. Bugungi sayyor qabulda seximning atrofida tashlandiq bo‘lib yotgan yerdan foydalanishga ruxsat so‘ramoqchiman. Ana shu muammoyim hal bo‘lsa, 2 ta yangi ish o‘rni yaratardim.

Sayyor qabulda ishtirok etgan shahar hokimi Hakim Hoshimov mazkur murojaatni ijobiy hal etishga va’da berdi.

O‘zLiDeP  Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1597
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+