PROTODAY.UZ: Elga kamarbasta deputat

13.11.2017, 19:19

PROTODAY.UZ: Elga kamarbasta deputat

Sariosiyo tumanidagi “Sanjarbek fayz-baraka” xususiy korxonasi 2012 yili tashkil etilgan edi. Bir yilcha oldin korxona rahbari Sobir Jumayev faoliyatini kengaytirish maqsadida bankdan kredit so‘rab murojaat qildi, deb yozadi Uzlidep.uz

– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning har bir qaror va farmoni bevosita biz tadbirkorlarning manfaatlarini ko‘zlab qabul qilinyapti, – deydi u. – Bu esa ishga yangicha yondashuvni taqazo etadi. Ana shu maqsadda biz ham non va non mahsulotlari ishlab chiqarish evaziga korxonamiz faoliyatini kengaytirishni niyat qildik. Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Sariosiyo tuman filialidan moliyaviy ko‘mak so‘radik. Afsuski, hadeganda ishimiz yurishavermadi. Kredit ajratish paysalga solinaverdi…

Keyin nima bo‘ldi deysizmi? Sobir Jumayev shu yilning 28 iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Maqsuda Zaripovaga murojaat qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, “Sanjarbek fayz-baraka” xususiy korxonasiga 160 million so‘m kredit ajratildi.

– Davlatimiz rahbari shu yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida deputatlar xalqimizning og‘irini yengil qilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi bugungi kunning muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidlagani bejiz emas, – deydi O‘zLiDeP Sariosiyo tuman Kengashi apparati rahbari Umidjon Xudoyqulov. – O‘sha uchrashuv siyosiy partiyalar hamda deputatlarning sergak tortishiga, o‘z zimmasidagi mas’uliyatni yanada teranroq anglashiga turtki bo‘ldi. Mahalliy kengashda Maqsuda Zaripovadan tashqari partiyamizdan yana 8 nafar deputatimiz bor. Ayni kunlarda Alijon Eshmatov, Ochildi Xidirov va Botir Roziqov kabi xalq vakillari ham o‘z hududlaridagi tadbirkorlarning muammolarini hal qilishda ibrat ko‘rsatishmoqda.

Darvoqe, faol va tashabbuskor deputat Maqsuda Zaripova kam ta’minlangan oilalar, keksa va nogironlar holidan ham tez-tez xabar oladi. Homiylar va saxovatpesha insonlar ko‘magida ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda.

– Yaxshilik hech qachon unutilmaydi, – deydi Sharg‘un shahri Bog‘ishamol mahallasida yashovchi Shahlo Samadova. – Oilada 11 kishimiz. Gulbahor opam birinchi, Sanobar opam esa ikkinchi guruh nogironi. Sakson yoshli onamning ko‘zlari ojiz, ko‘p yillardan beri qandli diabet kasalligi bezovta qiladi. Ro‘zg‘or tebratish og‘ir bo‘lib qolganidan keyin Maqsuda Zaripovadan yordam so‘radik. Deputatimiz “Mahalla” xayriya jamoat fondi va muravvatli homiylar bilan birga doim holimizdan xabar olib turibdi. Xalq dardini o‘ylaydigan yaxshi odamlar ko‘payaversin…

Baxtiyor ALIQULOV,

“XXI asr” muxbiri

PROTODAY.UZ

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Haydarov Nuriddin2020-06-29 13:12:26

Assalomu alekum. Tadbirkorliga 20 sotix yer kere. Yangiyol yoki Chinozdan


gulnoza2020-06-18 15:44:15

Assalomu alaykum manga yer kerak o'zim yashaydigan joyga yaqin joydan tadbirkorlik uchun Ateli va Go'zalik sakoni ochish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirib kredit olishim uchun


Alijon2020-05-25 07:27:14

Assalomu alaykum.Menga 3sotix yopiq yer kerak 20 kishini ish bilan taminlamoqchiman hunarmandman


Furqatbek2020-05-13 16:57:09

Ishlab chiqarishlarga yer ajratish tartibi qanday


Адолат2020-04-09 22:34:22

Менга Зангиота тумани одамлар говжум жойдан клиника учун ер керак ишлаб турган клиникага филиал килиб очмокчиман манга тугри йул курсатиб ёрдам беришингизни сурайман.


Sardorbek2020-03-09 22:52:29

Assalomu Aleykum Menga 20 sotix yer k.k tadbirkorligimni rivojlantirish u.n. 5 kishini ish b.n taminlab beraman


Sherzod2020-02-22 16:15:23

Salom men yosh tadbirkorman menga xizmat kursatish hamda oziq ovqat savdo dukoni qurish uchun bosh yer kerak shunga yordam berishlarizni surayman


Raximov Botir Baxtiyor o'g'li2020-02-16 22:03:13

Menga toshkent shaxardan bosh yer kerak abtoservis moyka oziq ovqat qurib 10 15 kishini ish bilan tamiliman


Samandar2020-02-12 21:45:43

Менга автосервис куриш учун буш ер керак автосервис очиб 10 кишини иш Билан бандлигини таьминламокчиман амалий ёрдамлариз керак


Firuz2020-01-20 21:50:47

Menga jizzax viloyati dustlik tumanidan mashina yuvish uchun (moyka) qurish uchun bosh er maydoni kerak


Fikringizni qoldiring

+