“Yaqin qo‘shnichilik, do‘stona munosabatlar - turizm rivojida muhim ahamiyatga ega”
03.03.2018, 16:32
Namanganda “Do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning ahamiyati” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalda tatbiq etilayotganligi, mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratilib, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlanayotganligi ta’kidlandi.
- Tumanimiz qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati bilan chegaradosh, - deydi O‘zLiDeP faoli Ergash Ahmedov. - Qirg‘iziston bilan davlat chegaralari to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi yaqin qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash bilan birga, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda partiya faollari qo‘shni davlatlar tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ayniqsa, dunyoga mashhur Yangiqo‘rg‘on olmalarini eksportga yo‘naltirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar hususida kelishib oldilar.
IBROXIM SATTAROV,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
Biznes tuzilmalar
va fermerlar bilan ishlash
bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring