Sayyor qabulda “Beshqavoq” va “Orday” mahallasidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar hal etildi

05.03.2018, 16:17

Sayyor qabulda “Beshqavoq” va “Orday” mahallasidagi ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar hal etildi

Xo‘jaobod tumanidagi Orday qishlog‘ida yashovchi uy bekalarining sportga bo‘lgan qiziqishi juda baland. Biroq hududda ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan. Ularning istaklariga tadbirkor Mahmudjon Iminjonov qanot berdi.

Ishbilarmonning Xo‘jaobod tumani Orday mahallasidagi 6-umumta’lim maktabida O‘zLiDeP tomonidan tashkil qilingan sayyor kabulda ayni masala yechimi yuzasidan qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Mutasaddilar tadbirkorga belgilangan binoni sport jihozlari bilan ta’minlashda amaliy yordam berishga va’da berdi. Murojaat yechimi nazoratini xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashi deputati Shuhratbek Almatov zimmasiga oldi.

–Bahrin mahallasi hududidagi bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish maqsadida xususiy shifoxona qurmoqchi edim, – deydi sayyor qabul qatnashchisi tadbirkor Otabek Xo‘jakov. – Ammo imtiyozli kredit olishda ovoragarchiliklar ortidan to‘siqlarga duch kelib charchadim. Bugungi sayyor qabulda ushbu muammoimni O‘zLiDeP Xo‘jaobod tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashi deputati Umidjon Rustamov deputatlik so‘rovi orqali hal qilishga va’da berdi.

Sayyor qabul davomida Beshqavoq va Orday mahallalari hududlaridagi ichimlik suvi tanqisligi muammosi ham tuman “Suv oqava” DUK rahbari Qobiljon Dadajonov tomonidan shu joyning o‘zida hal etildi.

Izboskan tumanida o‘tkazilgan uchrashuv ham qizg‘in savol-javoblar, munozaralarga boy tarzda ko‘tarinki ruxda o‘tdi.

–Kam ta’minlangan oilalar uchun ajratilayotgan arzon uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovini to‘lash, ochig‘i, ko‘pchilikka qiyinchilik tug‘dirmoqda, – deydi Izboskan tuman hokimligi iqtisodiyot bo‘limi bosh mutaxassisi Husanboy Mirzaqambarov. – Tan olishimiz kerak, kam ta’minlangan tushunchasi o‘z nomi bilan moddiy ta’minoti og‘ir degani, ular uchun “atalayotgan” uylarning boshlang‘ich to‘lovida yengillik yaratilishi zarur.

Sayyor qabulda 20 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning salmoqli qismi belgilangan tartibda hal etildi. Qolganlarining ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1432
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+