Kitob – ma’naviyat beshigi

06.03.2018, 18:25

Kitob – ma’naviyat beshigi

O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi tomonidan Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kollejida “Durdona” ma’rifiy loyihasi doirasida “Kitob – ma’naviyat beshigi”  mavzuida  o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Partiya faollari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, o‘quvchi - yoshlar ishtirok etgan tadbirda  keyingi paytlarda  yurtimizda xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni yuksak salohiyatli, bilimdon va keng dunyoqarashga ega insonlar qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 

–Inson dunyoqarashining kengayishida, yuksak axloqiy fazilatlarning to‘laqonli shakllanishida kitobning o‘rni nihoyatda katta, – deydi O‘zLiDeP Andijon shahar kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dildora Samatova. – Shu bois, bugun yoshlar va xotin-qizlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish zarur. Zero, kitob eng yaqin do‘st, eng yaqin hamrohdir.

Tadbirda  ishtirokchilar o‘zbek adabiyoti durdonalarida keltirilgan ibratli misollar orqali ezgulik yo‘lida birdam bo‘lishga chaqirildi.

Umidaxon  ISAYEVA,

 O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Ayollar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+