“Asosiy maqsad – eksportni rivojlantirish”

06.03.2018, 18:47

“Asosiy maqsad – eksportni rivojlantirish”

deyishmoqda namanganlik tadbirkorlar

Namangan mamlakatimizning har tomonlama rivojlangan, eng go‘zal viloyatlaridan biri. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oshib, shahar va qishloqlar obod bo‘lib bormoqda. E’tiborli jihati, viloyat ishbilarmonlari xorijiy texnologiyalar asosida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, eksportdan katta daromad topmoqda. 

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Iqtisodchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida ayni shu jihatlar alohida e’tirof etildi.

–  O‘tgan yillar davomida yurtimizda tadbirkorlarga yaratilgan imtiyozlar natijasida raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish xajmi oshdi, yangi ish o‘rinlarini yaratildi va eng muhimi, zamonaviy yangi texnologiyalarni jalb etilishiga erishildi, – deydi  O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi bo‘lim mudiri Ibroxim Sattarov. ­– Misol uchun,  o‘tgan 2017 yilda viloyatda 309ta korxonaga  68,3 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozlari berilgan bo‘lib, ushbu imtiyozdan foydalangan 79 ta sanoat korxonasi tomonidan 46,6 mln AQSh dollariga teng tayyor mahsulotlar eksport qilingan. Bu esa viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi izchil rivojlanib, aholining turmush tarzi yaxshilanib borayotganidan dalolat. 

Tadbirda Namangan viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati uzluksizligini ta’minlash, ayniqsa, eksportbop mahsulotlar xajmini yanada oshirish va bu orqali aholi bandligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1553
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+