Sayyor qabulda kasb-hunar kolleji bitiruvchilari imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘lishdi

07.03.2018, 16:00

Sayyor qabulda kasb-hunar kolleji bitiruvchilari imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘lishdi

2016-2017 o‘quv yilida Buloqboshi tumanidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari qator to‘siqlar tufayli imtiyozli kreditlar olishga qiynalishgandi. Bu borada, tabiiyki, muammolar yuzaga kelgani bor gap. Joriy yilda o‘qituvchi va o‘quvchilar yana astoydil harakatni boshladilar.

 Buloqboshi tumanidagi 14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan “Faol tadbirkorlar” hududiy anjumanida ushbu masala yuzasidan murojaat qiluvchilar vakili tadbirkor-o‘qituvchi Mavludaxon Tohirova savollariga batafsil javob oldi. Banklarning tuman filiallari mutasaddilari masala yechimini nazoratlariga oldilar.

Anjuman davomida Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Sharobidin Djanpo‘latov, tuman hokimligi vakili Elmurod Mirzaxonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimi Dildorbek Xomidov, Buloqboshi tuman davlat xizmatlari markazi direktori Xasanboy Boymatovlar tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga kirishdi.

– Tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarib, xalqimiz bozorlariga taqdim qilamiz, – deydi tumandagi “Barlos hiloli” MChJ rahbari Sharobiddin Djanpo‘latov. – Ichki bozorda mahsulotlarimizga talab ko‘paygach, faoliyatimizni kengaytirishga qaror qildik. Bugungi anjumanda ushbu masala yuzasidan murojaat qilgandim, muammoim hal bo‘ldi. Tuman hokimligi ko‘magi bilan bo‘sh turgan binoni foydalanishga ajratilgani tadbirkorlik sohasida yanada ko‘proq yutuqlarga erishishimda ko‘prik bo‘ladi.

Sayyor qabulda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga qonunan yondashish, pirovardida ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qilish, bu masalada har bir rahbar va mansabdor shaxs chuqur mas’uliyat his etishi zarurligi ta’kidlandi.

Mirzohid Parpiyev,

O‘zLiDeP Buloqboshi tuman

kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1531
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+