Deputat ko‘magida surxondaryolik Xolbibi Xamrayevaning yetti yillik orzusi ro‘yobga chiqdi

07.03.2018, 17:44

Deputat ko‘magida surxondaryolik Xolbibi Xamrayevaning yetti yillik  orzusi ro‘yobga chiqdi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularni rozi qilish, ertangi kun bugungidan yaxshiroq bo‘lishiga ishontirish oson ish emas. Buning uchun odamlar rahbarlarning faoliyatidan rozi bo‘lishi, katta-kichik mansabdorlar esa xalq dardiga quloq solishi, muammolarini hal qilishi kerak.

Buni yaxshi bilgan xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlaridagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari quruq tadbirbozlikdan qochib, joylarga tushib ko‘proq aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda, odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni ijobiy hal etib saylovchilar ishonchini qozonmoqda.

19-sonli Qaxramon saylov okrugidan xalq deputatlari Sariosiyo tuman kengashiga saylangan Maqsuda Zaripova ham ana shunday faol deputatlardan sanaladi. Chunki, saylovchilar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni iloji boricha joyida hal etishga harakat qiladi.

Yaqinda unga Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Ibodullo Qo‘ldoshevdan  murojaat kelib tushgan edi. Xalqning ishonchli vakili mazkur masala yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan tegishli tashkilotlarga chiqdi.

– Turmush o‘rtog‘im og‘ir hastalikka chalinib, to‘shakka yotib qolganiga yetti yil bo‘ldi, – deydi I.Qo‘ldoshev. – Shu bois uni nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun tegishli tashkilotlardan yordam so‘ragandim. Lekin hozirga qadar mutasaddilar murojaatimni hal etib berishmadi. Shu masala yuzasidan Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati Maqsuda Zaripovaga murojaat qilgandim. Deputatga rahmat! Uning tashabbusi bilan tumandagi 69-Sariosiyo tumanlararo tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi xulosasiga ko‘ra, rafiqam nogironlik nafaqasiga chiqarildi.

 Ha, bugun deputatning xizmatlaridan ko‘pchilik minnatdor. Chunki u qay bir xayrli ishga qo‘l urmasin albatta, ishni oxiriga yetkazishga, odamlarni mushkulini osonlashtirishga va xalqni rozi qilishga harakat qiladi.

         O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1568
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+