Prezidentimizning biz ayollarga chin yurakdan bildirgan katta ishonchi ko‘nglimizni quvonchga to‘ldirdi, barchamizni kuchli hayajonga soldi

10.03.2018, 14:58

Prezidentimizning biz ayollarga chin yurakdan bildirgan katta ishonchi ko‘nglimizni quvonchga to‘ldirdi, barchamizni kuchli hayajonga soldi

–Mamlakatimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni har qadamda his qilaman. Nega desangiz, keyingi yillarda yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar yanada kengaydi. Bugun jamiyatning qay bir qatlamiga qaramang, barcha sohalarda xotin-qizlarning faol mehnat qilayotganligiga guvoh bo‘lasiz. E’tiborlisi, hozir ular tadbirkorlik sohasida samarali mehnat qilib, yurt rivojiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda. Bu mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufaylidir. Men ham berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, tadbirkor sifatida o‘z ustimda qo‘proq ishlashga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etdim. Turli ko‘rik tanlovlar g‘olibi bo‘ldim.

Lekin davlatimiz rahbarining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bizni tabriklab, ayollarga katta ishonch bildirgani nafaqat meni, balki butun yurtimizdagi opa-singillarimizni quvontirdi. Bu g‘amxo‘rlik, chin yurakdan bildirilgan katta ishonch ko‘nglimizni quvonchga, baxtga to‘ldirdi, barchamizni kuchli hayajonga soldi. Ayniqsa, mening kamtarona mehnatlarimni yuksak baholab “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani hayotimdagi unitilmas voqea bo‘ldi. Bu mukofot nafaqat mening, balki O‘zLiDePning jonkuyar xotin-qizlarining xizmatlari uchun berilgan yuqori bahodir. Aytish joiz, bu mukofot Urganch shahridagi “Urganch milliy tikuvchilik” oilaviy korxonamiz faoliyatini yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayratimni sarflab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissamni qo‘shishga undaydi. Ayni paytda bor kuch g‘ayratimni, shijoatimni yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etishga tayyorman.

Farog‘at Sadullayeva,

 “Urganch milliy tikuvchilik”

 oilaviy korxonasi rahbari,

 O‘zLiDeP faoli

 

  • Ko'rildi
    1736
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+