O‘zLiDeP Harakatlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi vazifalarni belgilab oldi

16.02.2017, 18:35

O‘zLiDeP Harakatlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi vazifalarni belgilab oldi

Joriy yilning 14-fevral kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiquvchi vazifalarni har tomonlama muhokama qilish kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

Majlisda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda aholi faolligini oshirish yo‘lida keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar, shu jumladan O‘zLiDeP fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy, ayniqsa saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, ularning irodasi va fikrini ifoda etish, markaz va joylardagi davlat hokimiyati organlarini shakllantirishdagi ishtirokini kengaytirishning muhim vositasiga aylandi.

Tadbirda so‘z olganlar ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga qaratilgan keng miqyosli o‘zgarishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Harakatlar strategiyasiga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritilgani O‘zLiDeP faollari va deputatlik korpusiga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Majlisda Harakatlar strategiyasining har bir yo‘nalishi O‘zLiDeP, uning deputatlik korpusi, hududiy tashkilotlari va partiya faollari oldida turgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida puxta o‘rganilib, tahlil qilindi. Avvalo Strategiyaning birinchi yo‘nalishi - davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishda partiya ishtirokini ta’minlash masalalari xususida so‘z yuritildi.

Partiya elektoratining manfaatlari, tadbirkorlar va fermerlar bilan joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlarning natijalaridan kelib chiqib, majlisda Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni liberallashtirish borasidagi vazifalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni qamrab oladigan kompleksli vazifalar ko‘rib chiqildi. Umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Harakat strategiyasida qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash borasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar partiya saylovoldi Dasturi va elektorati manfaatlariga hamohangdir. Tadbirda partiya hududiy tashkilotlari huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yishi, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlashda bevosita ishtirok etishlari lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi ijtimoiy soha rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidladi majlis ishtirokchilari. Bu borada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur jarayonda O‘zLiDeP, ayniqsa qishloq joylarda, yoshlarning band bo‘lmagan qismini tadbirkorlik va oilaviy biznesga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratadi.

Majlis ishtirokchilari Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishini muhokama qilar ekan, jamiyatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining yuqorida nomi tilga olingan farmoni mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 Majlis ishtirokchilari shuningdek, kun tartibiga kiritilgan ikkinchi masala partiyaning 2017-yilga mo‘ljallangan kompleks harakat dasturini ham atroflicha muhokama qilishdi. Ta’kidlanganidek, mazkur dastur bilan davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish, “Kuch – adolatda” tamoyilini amalga oshirish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-partiyaviy sohadagi ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda. E’tiborga molik jihati partiyaning kompleks harakat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘tkazish muddatlari, uning maqsadi, dolzarbligi, umuman olganda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashning mexanizmlari aniq ko‘rsatilgan.

Yig‘ilishda masalaning shu va boshqa jihatlari alohida tilga olinib, ushbu vazifalarni bekamu-ko‘st amalga oshirish uchun esa partiya va uning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi, deputatlik guruhlari a’zolaridan mas’uliyat, hamjihatlik va faollik talab etilishi ta’kidalandi.

Shuningdek, Siyosiy Kengash majlisida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining yangi ramzini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda partiya Siyosiy Kengashining O‘zbekiston tadbirkorlari va fermerlariga Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatishga chorlovchi murojaati qabul qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

FOTOLAVHALAR

  • Ko'rildi
    2380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Танирбергенов Байрамбай Аскербаевич O’zLiDeP Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши Бошланғич партия ташкилотлари билан ишлаш гуруҳи раҳбари2018-05-15 15:31:11

Президентимиз Наманган вилоятига ташрифи чоғида “Барака мева саноат сервис” масъулияти чекланган жамияти фаолияти билан яқиндан танишганини телевидение орқали кўрдик. Бу тадбиркоримизнинг амалга ошираётган ишлари тақсинга лойиқ.


Халқ депутатлари Миришкор туман Кенгаши депутати Шарипов Бешбой2018-05-08 16:51:43

Мамлакатимиз иқтисодиётининг барча жабҳалари қатори қишлоқ хўжалигида ҳам муҳим ислоҳатлар амалга оширилмоқда. Қишлоқ хўжалиги экинларидан мўл ва сифатли ҳосил олиш, томорқада сифатли картошка етиштиришда Мамлакатимиз раҳбарининг тавсиялари биз фермер ва томорқа ер эгалари учун айни муддао бўлди деб хисоблайман


O`zLiDeP Қизилтепа тумани "Ёш либераллар" клуби аъзоси Ш.Рахматов2018-05-08 16:19:55

Картошка уруғчилигини ривожлантириш учун эътибор қаратганликлари таҳсинга сазаввор. Президентимизнинг шунчалик халқ учун қайғуриб картошка уруғчилигини ривожлантиришга оид қарор лойиҳасини ишлаб чиқишга топшириқ берганлиги катта аҳамиятга эга.Картошка инсон организми учун энг кўп витаминлар мажмуаси эканлиги барчамизга маълум.


O`zLiDeP Қизилтепа туман бўлими Аппарат раҳбари Ш.Ибрагимов2018-05-08 16:10:45

Муҳтарам Президентимизнинг халқимизга ғамхўрлигини бўлаётган ижобий амалий ишларда кўришимиз мумкин. Картошкасиз кундалик ҳаётни тасаввур этиш қийин. Картошкани иккинчи нон дейдилар. Картошка уруғчилигини ривожлантиришга бўлган эътибор-озиқ овқат хавфсизлигини таъминлашга ўзини катта хиссасини қўшади албатта. Ватанимиз равнақи йўлида олий даражада хизмат қилайлик.


У.Ғуломова-Навбаҳор тумани, "Бандлик" БПТ раиси2018-05-08 14:00:56

Қишлоқ хўжалиги ривожланиш билан бирга энг даромадли соҳага айланишига шубҳа йўқ.


Улуғбек Ўразбоев – Халқ депутатлари Амударё туман Кенгаши 16-Дўрман сайлов округи депутати, "Ўразбаев Улуғбек" фермер хўжалиги раҳбари.2018-05-07 18:06:39

Айни пайтда Намангандаги “Барака мева саноат сервис” масъулияти чекланган жамиятида инновацион технологиялар имкониятидан фойдаланиб, аэропоника усулида картошка уруғи етиштирилаётганлиги таҳсинга лойиқ. Бу тажриба албатта, аграр соҳада жуда катта янгилик бўлганлиги боис ушбу тажриба анъанавий усулга нисбатан 6 баробар юқори ҳосил олиш имкониятини беришини эшитиб тўғриси лол қолдим. Мана шу тажрибани бошқа ҳудудларда ҳам жорий қилиш лозим албатта. Сабаби ўзимизда етиштириш имконияти бўлган картошкани хориждан келтиришга эҳтиёж сабабли келтирардик, энди эса қанча маблағ тежаб қолиш имконияти бор экан, бу имкониятдан унумли фойдаланиш лозим.


Улуғбек Ишанходжаев - O'zLiDeP Тошкент шаҳар Кенгаши аппарати бўлим мудири2018-05-07 17:43:02

Муҳтарам Президентимизнинг халқимизга ғамхўрлигини бўлаётган ижобий амалий ишларда кўришимиз мумкин. Картошкасиз кундалик ҳаётни тасаввур этиш қийин. Картошкани иккинчи нон дейдилар. Картошка уруғчилигини ривожлантиришга бўлган эътибор-озиқ овқат хавфсизлигини таъминлашга ўзини катта хиссасини қўшади албатта.


Муқаддас БЕКНАЗАРОВА – Халқ депутатлари Амударё туман Кенгаши 10-Тошёп сайлов округи депутати, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати O`zLiDeP Амударё туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари.2018-05-07 12:56:15

Картошка етиштириш бўйича оиламиз билан 1990 йиллардан шуғуллан бошлаганмиз. Картошка ҳосилдорлиги юмшоқ, қум аралаш ерларда ўғитлари меъёрида ўз ўрнида берилиб, соя-салқин таъминланса, картошканинг ажойиб ҳосилдорлиги серҳосил бўларди, кўпинча "Красный глаз","Санта" навли картошкалар серҳосил, таъми мазали, касалликларгаям чидамли ва бизни Ўзбекистоннинг об-ҳаво климатига мослашган нав ҳисобланарди. 90-йилларда кичкина бўлсакда ота-онамиз билан биргаликда кетмон чопардик, картошка экилган қаторлар (грядка)ни махсус агрегат қурилмани дадамлар китобда кўриб ўзлари ясаган эдилар, кейинчалик бу қурилма туманда оммалашиб кетганди. Ҳозирга келиб, иссиқхоналарда картошканинг турли навлари етиштирилаяпти. Замон билан ҳамнафас бўлиш керак дегани шу бўлса керак. Туманларда картошкани етиштиришда кўпинча уруғга олинган картошка ҳосилининг майда картошкалари қўйилади. Дадамлар эса картошканинг энг серҳосил бўлган картошка кўчатларининг картошкаларининг йирик картошкаларини уруғликка тайёрлардилар, буниям ўзига хос сабаблари бор эди, бу усулни қўллаб ҳам ҳосилдорликни оширишда юқори самараларга эришганлар вақтида. Бир қарашда оддийгина туюлиши мумкин, лекин чуқурроқ мулоҳаза қилинса бу усулдаям озгина бўлсаям жон бор. Тажриба бир кунда эмас йиллар давомида ошади. Президентимизнинг иккинчи нонимиз - картошка ҳосилдорлигию. ҳамда картошка уруғчилигини ривожлантиришга катта эътибор қаратгани бежизга эмас албатта. Сабаби охирги вақтда картошка етиштиришда анча муаммолар мавжудлиги ҳеч кимга сир эмас.


Нарпай туман Кенгаши депутати БПТ раиси Хамида Юсупова2018-05-07 09:41:14

Картошка инсон организми учун энг кўп витаминлар мажмуаси эканлиги барчамизга маълум. Президентимизнинг шунчалик халқ учун қайғуриб картошка уруғчилигини ривожлантиришга оид қарор лойиҳасини ишлаб чиқишга топшириқ берганлиги катта аҳамиятга эга.


Молодой Депутат Алмазарского района Одинаев Фаёз2018-05-06 21:27:59

Наш уважаемый президент обратил особое внимание на развитие хлопчатника,который экспортируется в другие страны. Благодаря использованию новейших технологий урожайность данной культуры увеличивается в несколько раз, а это в свою очередь способствует развитию лёгкой промышленности и экономики страны.


Fikringizni qoldiring

+