“Orzu” va “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi (+VIDEO)

10.03.2018, 15:04

 “Orzu” va “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 3 mingdan ortiq  yangi ish o‘rni yaratiladi (+VIDEO)

Namangan shahridagi tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydoni ajratish bo‘yicha shahar hokimligiga qilgan murojaati asosida bugungi kunda yangi tashkil etilgan “Orzu” va “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonalarida qariyb 12 gektarga yaqin yer maydoni ajratib berildi. Ayni chog‘da bu yerda 30 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonasida “Hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishda kichik sanoat zonalarining roli” mavzuida tashkil etilgan ochiq muloqotda bu haqda alohida ta’kidlandi.

–Korxonamizda asosan erkaklar poyabzallari ishlab chiqariladi, – deydi “Istiqbol poyabzal savdo” xususiy korxonasi rahbari Muxamadali Rasulov. – Faoliyatimizni yanada kengaytirish va zamonaviy ishlab chiqarish korxonasini qurish maqsadida Namangan shahar hokimligiga qilgan murojaatimiz asosida yangi tashkil etilayotgan “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonasidan joy ajratildi. Ayni vaqtda o‘z mablag‘imiz hisobiga qariyb 600 mln.ga yaqin zamonaviy erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqarish korxonasini qurish ishlarini boshlab yubordik. Joriy yil  sentabr oyida korxonamizni to‘liq ishga tushirib, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirganmiz.

Qayd etilganidek, Namangan shahrida tashkil etilayotgan “Orzu” va “Paxtaliqko‘l” kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi 3 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va rolini tubdan oshirishga hamda viloyat sanoat salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash kerak, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan kichik sanoat zonalaridagi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirishilishi nazoratga olingan bo‘lib, tadbirkorlarga kredit ajratish, muxandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulash hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish jarayoniga amaliy yordam berish borasida ham zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan.  

IBROXIM SATTAROV,

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

                                                         Biznes tuzilmalar va fermerlar

 bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+