O‘zLiDeP BPT ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasasiga gaz ballonlari yetkazib berildi

10.03.2018, 15:09

O‘zLiDeP BPT ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasasiga gaz ballonlari yetkazib berildi

Bugungi kunda O‘zLiDeP tizimli va samarali chora-tadbirlarni eng chekka hududlarda ham amalga oshirish orqali omma orasiga yanada chuqurroq kirib boryapti, odamlar bilan uzluksiz muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda. E’tiborli jihati,  inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday ezgu ishlarda partiyaning barcha darajadagi tashkilotlari, deputatlik guruhlari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollik ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash kerak, bugun joylarda hamyurtlarimiz bilan yuzma-yuz ish olib borayotgan tayanch tuzilmalar aholining turli qatlamlari vakillari bilan bevosita aloqa qilish, ularga partiyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniga ega. Zero, tayanch nuqtalar fuqarolarning talab-ehtiyojlari va muammolaridan yaxshi xabardor.

Yaqinda quyi bo‘g‘in a’zolarining tashabbusi bilan To‘rtko‘l tumanidagi 6-son maktabgacha ta’lim muassasiga gaz ballonlari yetkazib berildi.

–Gaz bosimining pastligi sababli tarbiyalanuvchilarning o‘z vaqtida, to‘la-to‘kis ovqatlanishi uchun qulay sharoit yaratish muammo edi, – deydi  muassasa mudirasi Nasiba Sultanova. – Shu masala bo‘yicha “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida tashkil etilgan partiyaning boshlang‘ich tashkilotiga murojaat qilgan edik. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay partiya BPT ko‘magi bilan muassasamizga gaz ballonlari yetkazib berildi. Buning uchun BPT faollariga rahmat!  

Ha, bu kabi hayrli ishlarda partiyaning quyi bo‘g‘ini vakillarining ham faol bo‘lishi xalqimizni rozi qilmoqda. Eng muhimi, odamlarning O‘zLiDePga bo‘lgan ishonchi ortib, fuqarolar partiya maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+