Deputat ko‘magida Barliqbay Uteniyazovning orzusi ushaldi

10.03.2018, 15:14

Deputat ko‘magida Barliqbay Uteniyazovning orzusi ushaldi

Ayni chog‘da partiya faollari va deputatlarimiz eskicha ish uslubidan qochib, joylarda saylovchilar ishonchini oqlashga jiddiy kirishgan.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qallibek Arziyev va partiya faollari “Kenges” OFY hududidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olishdi.

Hududni o‘rganish jarayonida fuqaro Barliqbay Uteniyazovning bir necha yillardan beri eski fuqarolik pasporti bilan yashab kelayotganligi va doimiy ishi yo‘qligi aniqlandi. Fuqaroga yangi biometrik passport olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashiga deputat tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

– Ochig‘i, bugun judayam xursandman, quvonchim ichimga sig‘mayapti, – deydi Barliqbay Uteniyazov. – Nega desangiz, ko‘p yillardan beri hal bo‘lmay kelayotgan muammom bugun ijobiy yechim topdi. O‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatimiz ishonchimizni oqladi. To‘g‘risi, shu vaqtga qadar deputatning  uyma-uy yurib, oddiy odamlar bilan muloqot qilganini ko‘rmaganman. Prezidentimizga rahmat! Ularning tashabbusi bilan deputatlarimiz jonlandi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondasha boshladi. Hozirda deputatning ko‘magi bilan biometrik pasport olib, tumandagi “Ruslan-Nurlan” fermer xo‘jaligiga ishga joylashdim.

Bu kabi ezgu ishlarning tashabbuskori bo‘lib, xalqni rozi qilayotgan deputatga mehr bilan qarayotgan insonlarning ko‘zidagi quvonch va qalbidagi g‘urur hissi  uni yanada g‘ayrat bilan ishlashga undaydi.

O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+