O‘zLiDePning “Telegram”dagi guruhlari tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda

12.03.2018, 19:23

O‘zLiDePning “Telegram”dagi guruhlari tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda

Xabaringiz bor, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan har bir tumanda “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” , “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish”,  “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” va “Kelajak deputatlari” kabi guruhlar tashkil etilgan. Mazkur guruhlar “Telegram” da o‘z faoliyatini olib bormoqda. Yaqinda partiya Bekobod tuman, shahar, Bo‘ka tumani Kengashi qoshida ish boshlagan mazkur guruh faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Unda ochilgan guruhlarning maqsad, vazifasi, ularning faoligini yanada jonlantirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, guruh a’zolari ro‘yxati shakllantirildi. Muloqotlarda ta’kidlanganidek, “Telegram” tarmog‘ida ochilgan guruhlar orqali aholi, ayniqsa, tadbirkor va fermerlar tomonidan ko‘plab taklif va tavsiyalar bildirilyapti. Jumladan, bekobodliklar har bir mahallada tajribali tadbirkorlar va partiya faollarini jalb etgan holda issiqxonalar tashkil etish, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, mahallalarda uyma-uy yurib muammolarni aniqlash va deputatlar orqali ularni hal etishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Chirchiqliklar esa o‘quv-seminarlar tashkil etish, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlarga “Yangi hayot” mahalla fuqarolari yig‘inidan yer maydoni ajratish kabi masallalarni muhokama qilishdi.  

Ta’kidlash kerak, o‘zaro muloqotlar davomida tumanlarda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xalq bilan muloqot qilish tizimini yanada jonlantirish, tadbirkor va fermerlarni o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganish va ularga yechim topish bo‘yicha ham takliflar berildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1664
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+