Sayyor qabul: “Gujimli” MFYdagi transformator yangilanadi

12.03.2018, 19:33

Sayyor qabul: “Gujimli” MFYdagi transformator yangilanadi

Shu kunlarda O‘zLiDeP tashabbusi bilan joylarda sayyor qabullar davom etmoqda. Ana shunday qabullardan biri Chimboy tuman “Gujimli” MFYda bo‘lib o‘tdi. Qabulda 20ga yaqin murojaat muhokama etilib, aksariyat murojaatlar joyida hal etildi.

Jumladan, Q.Qallibekov “Gujimli” MFYdagi transformatorni yangilash bo‘yicha, M.Otemuratov esa 90 xo‘jalikka mo‘ljallangan 350 metrlik gaz trubasini yangidan tortish yuzasidan murojaat qildi. Har ikki murojaat ham tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, muloqotda mahalla ahlidan “Kegeyli” kanalidan piyodalar o‘tadigan ko‘prikni transport vositasi o‘tadigan qilib qayta qurish hamda “Tinibayev” va “Q.Mao‘lik” ko‘chalaridan kesib utuvchi 2,5 km uzunlikdagi ariqlar qazish bo‘yicha murojaatlar o‘rtaga tashlandi. Ushbu masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Abdurasulova tuman hokimligi va tuman yo‘l qurilish bo‘limi rahbariga deputatlik so‘rovi yuboradigan bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan barcha fikr-muloha va murojaatlar partiya mas’ullari hamda Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+