O‘zLiDeP tashabbusi bilan Namanganda “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish” kuni tashkil etildi

12.03.2018, 19:38

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Namanganda “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish” kuni tashkil etildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Hududlarda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakatini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarida tadbirkorlikni keng targ‘ib etish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etgan holda, ularning turmush farovonligini yaxshilash xususida so‘z bordi.

–Tadbirkorlik faoliyati va uning huquqiy asoslari bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmaganim uchun tadbirkorlik faoliyatimni boshlashga jur’at qilolmasdim, – deydi Katta Toshbuloq MFYda yashovchi Munavvarxon Abdullayeva. – Bugungi tadbirda O‘zLiDeP faollari va tadbirkorlar tomonidan berilgan maslahatlardan so‘ng, oilaviy tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishga ahd qildim. Endi o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yish orqali nafaqat oilamni, balki mahallamiz aholisi turmush farovonligini yaxshilashga munosib xissa qo‘shaman.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyati, tadbirkorlarning xuquq va erkinliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda “Iqtidor ziyosi” o‘quv markazi rahbari O‘zLiDeP faoli  Javohir Ergashevning viloyatda har oyning to‘rtinchi payshanbasini “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish” kuni sifatida belgilash haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

 Ibrohim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo'lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1602
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+