O‘zLiDeP sayyor qabulida jarqo‘rg‘onlik fuqaroga tomorqa yeri berildi

12.03.2018, 19:42

O‘zLiDeP sayyor qabulida jarqo‘rg‘onlik fuqaroga tomorqa yeri berildi

Jarqo‘rg‘onlik Gulbahor Mamatmurodovaning muammosi O‘zLiDeP sayyor qabulida hal bo‘ldi. “Otanga bor, onanga bor”, degan gap so‘zlardan toqati toq bo‘lgan fuqaro sayyor qabulda o‘z muammosiga yechim topganidan hursand.

– 6 yildan buyon shu mahallada yashayman, – deydi G.Mamatmurodova. – Uzoq yillardan buyon kam taminlangan oilalarga beriladigan 4 sotixlik tomorqa olishga qiynalayotgan edim. Bugungi sayyor qabulda anchadan beri hal bo‘lmayotgan muammoyim shu yerning o‘zida hal etildi.

Ta’kidlash kerak, amaliy muloqot davomida ko‘plab murojaatlar qatori 74 yoshli onaxon Bibixol Hamrayevaning nogironlik aravachasini so‘rab qilgan murojaati O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Salomat Quvvatova tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal etiladigan bo‘ldi.

            Murod EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+