Mehr - muruvvat ko‘rsatib

12.03.2018, 19:46

Mehr - muruvvat  ko‘rsatib

Xalqimizning   yordamga muhtoj, extiyojmand kishilarga  befarq emasligi, ularga  har tomonlama  ko‘maklashishdek olijanob fazilatlari  qutlug‘ sana va  milliy bayramlar munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarda  yaqqol  namoyon bo‘ladi.

O‘zLiDeP  Romitan tuman Kengashi  va mahalliy tadbirkorlardan Bobir Azimov, Bayram Murotova, Husen Jumayevlar tomonidan bu yilgi Navro‘z bayrami arafasida hududdagi Qaxramon MFYga qarashli Sarayon, Siyokon, Ustolar, Havlogaron, Qahramon qishloqlari hamda tuman markazidagi  Istiqlol ko‘chasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shuningdek, extiyojmand va o‘zgalar yordamiga muhtoj fuqarolar xonadonida bo‘lib, ularga sovg‘a-salomlar ulashdilar.

Partiya faollaridan  partiya tuman Kengashi  apparat rahbari  Nasriddin Vohidov,  Qahramon MFY  raisi A.Hamroyev, ushbu hududda tashkil etilgan BPT  raisi B.Murotova  va boshqalar tomonidan  ushbu yo‘nalishdagi  xayrli va savob  ishlarni  amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lmoqda.

Buxoro shahridagi  7-A Jomiy saylov okrugidan xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatligiga saylangan  Nodir Hamdamov, shahar Kengashidagi  partiya deputatlik guruhi ijrochi kotibi  Zarifa Safarova  va boshqa ko‘plab maslakdoshlar tomonidan ham  viloyat markazining “Mustaqillik”, “A.Jomiy”  va  “A.Somiy” ko‘chalaridagi xonadonlarda yashovchi kam ta’minlangan hamda yordamga muhtoj oila a’zolari holidan xabar olinib, ularga moddiy va moliyaviy ko‘mak berildi.

  Eslatib o‘tamiz, bunday xayrli ishlar viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham davom etmoqda.

                                                                           O‘zLiDeP  Buxoro viloyat  Kengashi

matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1601
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+