Qorao‘zakda subvensiyaning hissasi 48 foizdan 42 foizga kamaydi

13.03.2018, 17:35

 Qorao‘zakda subvensiyaning hissasi 48 foizdan 42 foizga kamaydi

Bu haqda Xalq deputatlari Qarao‘zak tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.  

Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari tuman moliya bo‘limi rahbari D.Pirniyazovaning hisobotini eshitdi.   

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda  mahalliy budjet parametr ko‘rsatkichi 12 mlrd. 407,6 mln.  so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, haqiqiy tushum 13 mlrd. 259,8 mln. so‘mni tashkil etgan. Natijada budjetning daromatlari rejasi 106 foizga,  harajatlar esa, 41 mlrd. 194,7 mln.  so‘mga, ya’ni 102 foizga ortig‘i bilan bajarilgan.

– Mahalliy budjet daromadlarini kengaytirish, hududlarni subvensiyadan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan Dasturga muvofiq, yil yakunida budjetdan olinadigan subvensiya hissasini 48 foizdan 42 foizga kamaytirishga erishdik, – deydi D.Pirniyazova. – Shuningdek, tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan 95 korxona tashkil etish hamda 18 korxonani moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash rejasi to‘la-to‘kis amalga oshirildi. Bu kabi korxonalarning ishga tushishi hamda ularni modernizatsiyalash hisobidan, mahalliy budjetga 781,2 mln. so‘m qo‘shimcha daromad undirildi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari va deputatlar tuman moliya bo‘limi rahbari hisoboti bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1362
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+