Buvaydada “O‘zLiDeP kutubxonasi” ochildi

13.03.2018, 17:46

Buvaydada “O‘zLiDeP kutubxonasi” ochildi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan “O‘zLiDeP – Vatan taraqqiyoti, davlat va jamiyat tizimi rivoji hamda yangilanishining asosiy tayanchi” shiori ostida Forum tashkil etildi.

Forumda partiya viloyat Kengashi hodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkor va fermerlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar Buvayda tumani pedagogika kollejidagi amaliy ishlar bilan tanishdi. Kollejda yoshlarni bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha qilingan ishlar ko‘pchilikka katta qiziqish uyg‘otdi.

–Kollejimiz O‘zLiDeP tuman Kengashi bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi, – deydi Buvayda pedagogika kolleji direktori Rahimaxon Qo‘rg‘onova. – Partiya tomonidan o‘tkaziladigan turli tanlov va tadbirlarda o‘quvchilarimiz faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan. Turli targ‘ibot tadbirlari orqali o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, forum doirasida Buvayda transport texnika mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida “O‘zLiDeP kutubxonasi”ni ochilish marosimi bo‘ldi. Unda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

–Ushbu kutubxona 500 dan ziyod kitoblar bilan ta’minlangan bo‘lib, tez kunlarda kitob fondini yana mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan, – deydi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zafarjon Dexqonov. – Ilgari hududda bu kabi ziyo maskanlari yo‘q edi. Endi esa aholi bu maskanda kitob mutola qilib, o‘z bilimini oshirishi mumkin.

Forum yakunida partiya viloyat Kengashi tomonidan bir guruh ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+