Quyi bo‘g‘in yetakchisi o‘z lavozimida qoldi

13.03.2018, 18:14

Quyi bo‘g‘in yetakchisi o‘z lavozimida qoldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi “Uy-joydan foydalanish kammunal boshqarmasiga qarashli 5-sonli UJFIda faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshlang‘ich tashkilotning 2017 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2018 yildagi ish rejasi tasdiqlandi.

–Partiya dasturiy maqsadlarni aholi orasiga tar­g‘ib qilish, partiyaning jamiyatda obro‘si va nufuzini oshirishda quyi bo‘g‘inlarning o‘rni katta, – deydi BPT yetakchisi Ramiz Normayev. Shu bois quruq tadbirbozlikdan qochib, aholi, ayniqsa, tadbirkor va fermerlar bilan ishlashga, ularni o‘ylantirayotgan muammolarni imkon qadar tezroq hal etishga harakat qilyapmiz. Zero, quyi bo‘g‘inlar va partiya deputatlik guruhlari birlashgan joyda aholini o‘ylantirayotgan masalalar joyida hal etilishi shubhasiz.

Yig‘ilishda  boshlang‘ich partiya tashkilot faoliyati qoniqarli deb topilib, Ramiz Normayev BPT raisligiga  yana qayta saylandi.  

J.RUSTAMOV,

O‘zLiDeP Navoiy shahar

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1424
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+