O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Samarqanddagi “Suvoqava” faoliyati yanada takomillashtiriladi

13.03.2018, 18:40

O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan Samarqanddagi “Suvoqava” faoliyati yanada takomillashtiriladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada o‘tgan yilning iyul va joriy yil yanvar oylarida O‘zLiDeP deputatlik guruhi majlislarida muhokama qilingan – Samarqand viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala muhokama uchun Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga olib chiqilishi bejiz emas. Chunki O‘zLiDeP deputatlarining o‘rganishlari natijasida sohani zamon talablari darajasida isloh etish, aholini ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqib, ishni tashkil etish borasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olinishiga qaramasdan, tizimda muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.

Sessiya qarori bilan mutasaddilarga ikki hafta muddatda viloyat “Suvoqava” korxonasi faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqqa kiritish vazifalari yuklatildi.

Nodir TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+