“Mo‘minobod”da yaroqsiz holga kelgan markaziy isitish binosida tikuvchilik tsexi tashkil etiladi

13.03.2018, 19:25

“Mo‘minobod”da yaroqsiz holga kelgan markaziy isitish binosida tikuvchilik tsexi tashkil etiladi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Toshkent viloyat Kengashi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh Olmaliq shahri va Piskent tumanlaridagi tadbirkor va fermerlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlanib, taklif-tavsiyalar muhokama etildi. Yig‘ilishda olmaliqlik yoshlar tadbirkorlik yo‘liga g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish haqida yanada kengroq ma’lumot berish, jun mahsulotlarini  qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar bilan hamkorlikda o‘quv-seminarlar tashkil etish kabi takliflarni ilgari surgan bo‘lsa, piskentlik faollarimiz innovatsion tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, imtiyozli kredit olish va lalmi yerlarda bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida partiya Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Telegram” tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan guruh a’zolari tomonidan yo‘llangan murojaatlar ham muhokama qilindi. Jumladan, “Sayidobod” MFYda yashovchi Baxtiniso Risqulova “Qodirjon Xamraqulov” fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirishda turli to‘siqlarga duch kelayotganini ta’kidlagan bo‘lsa, Mavluda Umarova 1995 yildan beri “Mo‘minobod” MFY hududida yaroqsiz holga kelib qolgan markaziy isitish binosida tikuvchilik sexini tashkil etishda yordam so‘radi. “Telegram” tarmog‘idagi guruhlardan kelgan har ikki murojaat ham xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Dilafruz Rashidova tomonidan nazoratga olindi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+