O‘zLiDeP fraksiyasida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi

13.03.2018, 19:47

O‘zLiDeP fraksiyasida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor bir qator qonun loyihalarni muhokama qildilar.

Dastlab yig‘ilishda deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chikilgan bir kator konunlar loyihalarini muhokama qilindi.

Qonun tashabbuskorlari amaldagi qonun hujjatlariga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga doir shartnomaviy munosabatlarni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalarning vakillik organlaridagi partiya guruhlari vakolatlarini va imkoniyatlarini yana kengaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritishni taklif etmoqdalar.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi va boshka qonun hujjatlariga kiritilishi taklif etilayotgan tuzatishlar siyosiy partiyalarning jamiyatdagi rolini yanada yuksaltirish va ularning tegishli rahbarlik lavozimlariga ilgari suriladigan kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida tegishli siyosiy partiyadan saylangan kamida besh nafarlik «marra» o‘rniga «uch» nafar deputat birlashgan taqdirda tuzilishi mumkinligi qoidasini mustahkamlash taklif etilmoqda. Bunday yechimni topish maqsadida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasi to‘rtinchi qismida mahalliy kengashlarda siyosiy partiyadan saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda partiya guruhini tuzish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda.

«Partiya guruhlari huquqlarini yanada kengaytirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish huquqi ham kiritilmoqda. Bu esa, partiya guruhlari huquqlarini yanada kengaytirib, hududlarni rivojlantirish dasturlarida siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqadigan vazifalar hamda partiya elektoratining manfaatlarini aks ettirishga sharoit yaratadi», – deydi qonun tashabbuskorlaridan biri O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Abdullajon Hamroqulov.

Tashabbuskorlar tomonidan taklif etilayotgan yana bir qoida – uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan aloqa uzgan deputatni chaqirib olish tartibining joriy etilishidir.

Binobarin, bunday takliflar Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining huquqlarini kengaytirish va ularning nazorat sohasidagi vakolatlarini kuchaytirish bilan bir qatorda, siyosiy partiyalarning joylarda aholi o‘rtasida nufuzi va kolaversa, mas’uliyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Ma’lumki, yurtboshimiz tashabbusi bilan joylarda aholi bilan o‘tkazilayotgan muloqotlar natijasida aholini tashvishga solayotgan ko‘plab masalalar joyida hal qilinmoqda, ayrim tizimli masalalar Prezident farmonlari va qarorlarida o‘z yechimini topmoqda.

Yig‘ilish ishtirokchilarining fikricha, bunday tartib hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda nafaqat ijro hokimiyatining mas’uliyati, balki siyosiy partiyalarning ham daxldorlik munosabatini oshirishga xizmat qiladi.

Deputatlar shuningdek, fraksiya kun tartibiga Konunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan muhokamaga takdim etilayotgan 10 dan ortik boshqa qonunlar loyihalarini ham konseptual ma’qullab, ayrim loyihalarni mutaxassislar va mahalliy kengashlari deputatlari ishtirokida moddama-modda muhokama qildilar.

Qonunlar loyihalarida, xususan tadbirkorlik sub’ektlariga xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan qiymati besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarni faqat yuk hujjatlari asosida olib chiqish huquqini berish, fermer xo‘jaliklariga tadbirkorlik sub’ekti sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish va shu orqali ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining huquqiy maqomini belgilash taklif etilmoqda.

Undan tashqari, deputatlar yerga oid qonunchilikni takomillashtirishga, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlaydigan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer osti suvlarini saqlanishi va oqilona foydalanishini tartibga solinishini profilaktikasi qaratilgan takliflarni ham muhokama qildilar.

Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan barcha masalalar yuzasidan O‘zLiDeP fraksiyasining aniq pozitsiyasi belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1449
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+