Tadbirkor ayollarning muammolariga yechim topilmoqda

14.03.2018, 12:39

Tadbirkor ayollarning muammolariga yechim topilmoqda

—Elektr energiyasi, suv va gaz ta’minotidagi noreal qarzdorlik, ayniqsa, Majburiy ijro byurosi tomonidan tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar ayrim tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Mana masalan, MIB xodimlari joyida akt tuzib, tabdikorning imzosini qo‘ydirib olib, mazkur hujjat asosida keskin chora ko‘rishyapti, - deydi “Milliyginam” xususiy korxonasi rahbari Xojiyeva Shohida.

—Qonunchilik nuqtaiy nazaridan olib qaraganda, tadbirkor shunday hollarda yurist bilan maslahatlashib, keyin imzo qo‘yishini bildirishi yoki mavjud qarzdorlikni o‘rnatilgan tartibda ma’lum muddat ichida to‘lab berishni o‘z zimmasiga olib kafolat xatini yozishga ham haqli, - deydi qizg‘in muhokamalar davomida yurist Laylo Salimova.

O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi faollarining yig‘ilishi shu kabi savol-javoblar bilan qizg‘in ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkor, yurist va iqtisodchilardan tarkib topgan mazkur guruhda bugungi kunda 20 dan ortiq xotin-qizlar tadbirkorlik yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan muammo va masalalarni muhokama qilib, ularga partiya vositalari orqali yechim topishda tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

—Muhokamalar davomida amin bo‘lyapmizki, tadbirkor opa-singillarimiz ko‘p joyda huquqiy ko‘makka zarurat sezyaptilar, - deydi yurist, “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi faoli Eshimbetova Darmona.Mazkur jihatlarni inobatga olib, partiya tashabbusi bilan “Oqtepa” va “Bekto‘pi” mahallalarida yo‘lga qo‘yilgan bepul yuridik masalahatxonalar to‘g‘risida ham ayollarga ma’lumot berib, qo‘limizdan kelganicha yordamlashyapmiz. Bu boradagi bitta kamchiligimiz, amalda bajarayotgan ishlarimizni aholiga ko‘rsatib bera olmayapmiz. Fuqarolarimiz mazkur ishlardan kengroq xabardor bo‘lsa, yuzaga kelayotgan muammolarga joyida yechim topish osonlashadi.

Ochiq va samimiy muloqot davomida mazkur guruh faolligini oshirish, uni yanada kengroq targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositlarini hamkorlikka chaqirish bo‘yicha takliflar bildirilib, vazifalar belgilab olindi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borayotgan “Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish”, “Yosh tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish”, “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” va “Kelajak deputatlari” kabi mazkur guruhlar barcha partiya tuman Kengashlari qoshida tashkil etilmoqda va a’zolar qabul qilish davom etmoqda.

Sayyora Asranova,

O‘zLiDeP matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    757
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+