O‘zLiDeP Davlat dasturini amalga oshirishga doir vazifalarni belgilab oldi

18.04.2016, 18:49

O‘zLiDeP Davlat dasturini amalga oshirishga doir vazifalarni belgilab oldi

2016 yil 16 aprel kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga mo‘ljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga o‘zgartish kiritish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi S. Turdiyev so‘zga chiqib, partiyaning o‘tgan yildagi faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yillarga mo‘ljallangan dolzarb vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yil mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilinib, tegishli Davlat dasturining qabul qilingani oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘lida qilinayotgan navbatdagi muhim qadamdir. O‘zLiDeP fikricha, Prezidentimizning 2016 yil 9 fevral kuni qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining so‘zsiz ijro etilishi muhim ahamiyatga ega, chunki dastur partiya saylovoldi Platformasida belgilangan vazifalarga, partiyaning ijtimoiy, gumanitar, ma’naviy, intellektual taraqqiyot sohalaridagi maqsadlariga to‘liq hamohangdir.

Majlisda amalga oshirilayotan islohotlarda ilg‘or bo‘lishga intilayotgan O‘zLiDeP tomonidan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashish, mamlakatimizda sog‘lom farzandlar dunyoga kelishi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan aniq maqsadli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini ro‘yobga chiqarishda O‘zLiDePning faol ishtiroki to‘g‘risida so‘z yuritilib, partiya deputatlik korpusining oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunchilikni yanada takomillashtirishdagi muhim roliga e’tibor qaratildi.

Mavluda Xodjayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi: «O‘zLiDePning fikricha, onalikni muhofaza qilish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalar va yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish ishlarini yuksak darajada tashkil etishni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida tegishli qonunchilikni muntazam takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan O‘zLiDeP fraksiyasi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish, Jinoiy kodeksga uch yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan barcha ayollarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga hamda “Homiylik va vasiylik to‘g‘risida”gi Qonunga bolaning sog‘liqni muhofaza qilish, sog‘lom oilada hayot kechirish va tarbiyalanishga doir huquqini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ham partiya fraksiyasining diqqat markazida bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz — mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham — bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Shu sababli O‘zLiDeP faoliyati ushbu masalalarni qonunchilik jihatdan samarali hal etilishiga ko‘maklashish, parlament tomonidan bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishni maqsad qilgan».

Majlisda kollej bitiruvchilari, ayniqsa qizlarni ishga joylashtirish, olis qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholi, avvalo xotin-qizlar uchun kerakli ijtimoiy, maishiy va tibbiy shart-sharoitlar yaratish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasidagi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ishlaridagi ishtiroki muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, yoshlar tarbiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarda O‘zLiDeP yosh avlodda milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan turli ta’sir va oqimlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratadi. Shuningdek, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratishga qaratilgan partiyaviy ishlarni yanada kengaytirish ham ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan.

Dilobar Mirraximova, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli: «O‘zLiDeP tomonidan xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash tizimli asosda yo‘lga qo‘yilgan, joriy yilda “Sog‘lom ona va bola yili” Dasturini amalga oshirish partiya “Ayollar qanotiga” alohida mas’uliyat yuklaydi. Bu borada fermer ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Fermer ayol” loyihasi doirasidagi ishlarni faollashtirish lozim. Shuningdek, tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi. O‘zLiDePning “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish borasidagi barcha sa’y-harakatlari zamirida «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani ro‘yobga chiqarish yotadi.”

Partiya Siyosiy Kengashining majlisida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulk ustuvorligini va himoyasini ta’minlash; davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki darajasini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, unda xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish; biznes muhitini yaxshilash, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda partiyaning amaliy chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi va har tomonlama muhokama qilindi.

Farmon Aminov, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi: O‘zLiDeP kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini shakllantirishga qaratilgan “Tadbirkorlar va fermerlar muloqot-forumi” loyihasini amalga oshirishda davom etadi. Loyiha doirasidagi tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish O‘zLiDePga elektorat va xayrixohlar sonini kengaytirish imkonini beradi. Jumladan, loyiha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi, joylardagi ishbilarmonlik muhitining ahvoli, hududlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va raqobatbardoshlikni yanada oshirish, xususiy mulk huquqlarini mustahkamlash, samarali rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni iqtisodiyotda yetakchi kuchga aylantirish va hokazo masalalarni qamrab oladi.

Loyiha doirasida xalq deputatlari viloyat Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlari tomonidan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratgan holda xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatini rivojlantirish ahvolini o‘rganishga qaratilgan nazorat-tahliliy tadbirlar o‘tkazish, o‘rganish yakunida iqtisodiyotning ko‘rsatilgan sohalarini rivojlantirish uchun mas’ul mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotini tinglash ko‘zda tutilgan.

Umuman, O‘zLiDePning mazkur yo‘nalishdagi loyihalari tadbirkorlik faoliyatining erkinligiga huquqiy kafolatlar taqdim etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, xususiy mulk huquqlari va daxlsizligini himoya qilish, joylarda jozibador investitsion muhitni shakllantirish, raqobatni rivojlantirish fermer xo‘jaliklarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.»

 O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat hokimiyati tizimida vakillik organlari rolini salmoqli darajada oshirishga qaratilgan. Tadbirda ta’kidlanganidek, shu munosabat bilan O‘zLiDeP partiya elektorati, olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlarni keng jalb qilgan holda qonun loyihalarini keng, samarali muhokama qilish hamda parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning qo‘llanish samaradorligini oshirish maqsadida ularni ijrochilarga yetkazishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadlari sifatida qabul qiladi.

Majlisda ta’kidlanganidek, partiya deputatlik korpusiga parlament, mahalliy vakillik organlarida o‘z elektoratini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni ko‘tarish, O‘zLiDeP manfaatlari, dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkonini beradi. Bu ham partiya, ham alohida deputatlarning faolligi va tashabbuskorligini oshirib, butun e’tiborni eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni teran, professional asosda hal qilishga qaratishga xizmat qiladi.

Rasul Kusherboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi: «Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi davlat boshqaruvi organlari faoliyati, qabul qilinayotgan qonunlar, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining so‘zsiz ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratadi. O‘zLiDeP parlamentdagi eshituvlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qonunchilik ijrosining ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash, deputatlik so‘rovlarini yo‘llash tizimi va professional asosda amalga oshirilishini, bular parlamentning kundalik amaliyotiga aylanishini ta’minlash vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi.

Partiya harakat Dasturini amalga oshirish bozor islohotlarini chuqurlashtirish va tadbirkorlikni erkinlashtirish, xususiy mulk ustuvorligi va himoyasini ta’minlash, boshqaruvning bozor vositalari va usullarini, raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidlash joiz. Jumladan, O‘zLiDeP tomonidan “Iqtisodiyotni yanada liberallashtirish sohasida qabul qilinayotgan qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi – tegishli sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda deputatlik korpusi tomonidan qonunlar loyihalarini maromiga yetkazish uchun takliflar ishlab chiqishdan iborat».

Muxtasar aytganda, Partiya majlisida davlatimiz rahbari tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod huquq va manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi ishtirokini faollashtirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish borasida belgilab berilgan vazifalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishda O‘zLiDeP tomonidan keng miqyosli ishlar qilinishi lozimligi ta’kidlandi. O‘zLiDeP xotin-qizlarning ulkan salohiyatini har tomonlama ro‘yobga chiqarish, ularning tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan kuchli siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy sherikchilikni mustahkamlash va rivojlantirishga bundan buyon ham har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi.

Majlisda partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi hamda mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlarining partiya saylovoldi Platformasi ijrosi yuzasidan o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, tanqidiy tahlil etildi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zLiDeP Matbuot-xizmati.

  • Ko'rildi
    2262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Оразбай Тулепов Нукус туман Кенгаши раиси 2018-05-15 13:06:12

Президентимизнинг чиқараётган қарорлари партиямиз электоратлари учун катта хизмат қилади. Қарор ушбу соҳани янада ривожантириши, малакали мутахасисларни таёрлаши, янги саъноат корхоналарининг жойларда ишга тушиши демакдир


Аптаров Аслиддин O‘zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши ходими 2018-05-09 12:44:46

“Чарм-пойабзал ва мўйначилик соҳаларини ривожлантириш ва экспорт салоҳиятини оширишни янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорнинг қабул қилиниши мамлакатимизда ушбу соҳанинг янада ривожланишига хизмат қилади. Бугунги кунда юртимизда чорвочилик соҳаси ривожланиб бориши билан бир қаторда соҳани хомашёси бўлган махсулотларни қайта ишлаш ва экспорт қилиш борасида фойдаланилмаган имкониятлар жуда кўп. Эндиликда ушбу қарор асосида соҳани янада ривожантириш, малакали мутахасисларни таёрлаш, янги саъноат корхоналарини барпо этиш борасида кенг имкониятлар яратилди.


Астонов Қобил Насриддинович O'zLiDeP Навоий вилоят Кенгаши аппарати раҳбари в.б2018-05-09 10:32:05

Президентимизнинг “Чарм-пойабзал ва мўйначилик соҳаларини ривожлантириш ва экспорт салоҳиятини оширишни янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори бугунги кунинг долзарб қарорларидан бири деб ўйлайман. Бугунги кунда ушбу соҳани ривожлантириш, етук мутахассислар тайёрлаш, ривожлантиришни даврнинг ўзи талаб қилмоқда. Қолаверса, чарм махсулотлари инсон соғлиги учун ҳам катта аҳамиятга эга.


Ибодуллаева Дилфуза-Навбаҳор тумани2018-05-09 09:04:12

Ёш тадбиркор бўлганлигим сабабли ҳар гал тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш учун чиқарилаётган қарорлардан хурсанд бўламан. Шу юрт фарзанди бўлганлигимдан чексиз мамнунман.


О.Атақулов-Навбаҳор туман Кенгаши аппарат раҳбари 2018-05-09 07:59:07

Мазкур қарор тадбиркорнинг иш фаолиятини унумдорлигини ошириш билан бир қаторда, ишлаб чиқарилаётган маҳсулотнинг сифатини кафолатлайди.


Қашқадарё вилояти Кенгаши аппарат раҳбари - А.Шеров2018-05-08 18:19:39

Президентимизнинг 2018 йил 3 майда қабул қилинган “Чарм-пойабзал ва мўйначилик соҳаларини ривожлантириш ва экспорт салоҳиятини оширишни янада рағбатлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори мазкур соҳа ривожига катта ҳизмат қилади. Тадбиркорларимизга ҳам улкан имкониятлар эшигини очади.


Fikringizni qoldiring

+