Yot g‘oyalarga qarshi tura olamiz

14.03.2018, 17:36

Yot g‘oyalarga qarshi tura olamiz

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Namangan shahar xizmat ko‘rsatish kollejida tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda yoshlarni internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularda internet madaniyatini shakllantirish, hayotga teran qaraydigan ma’nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z yuritildi.

– Internet tez va arzon axborot olishda beqiyos manbadir, – deydi xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Mirzohid Ahmedov. – Biroq yoshlar kiradigan saytlarning hammasini ham ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradi, deb bo‘lmaydi. Shu bois yoshlarda axborot olish va undan foydalanish madaniyatini kuchaytirish, xavfsiz internet muhitini shakllantirish lozim. Bu borada partiyamiz tomonidan “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlar, seminar-treninglar o‘z samarasini berayapti. 

Tadbirda loyiha doirasida forumlar uyushtirish, o‘quv kurslari tashkil etish, yoshlarning internet manbalaridan foydalanish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. 

 Yulduz Yuldasheva,

                                                        O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+