Deputat bilan uchrashuvda yog‘ingarchilik kunlarida jismoniy tarbiya darslari o‘tilmayotgani aytildi

14.03.2018, 17:48

Deputat bilan uchrashuvda yog‘ingarchilik kunlarida jismoniy tarbiya darslari o‘tilmayotgani aytildi

Shumanay tuman “Bekjap” OFY aholisi Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Bekbergen Qidirniyazov bilan uchrashdi. Uchrashuvda 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport zali yo‘qligi, bu esa yog‘ingarchilik kunlarida jismoniy tarbiya darslarini o‘tilmasligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, muloqot davomida Shumanay tuman suv tarmoqlari korxonasidan hududga ichimlik suvi tortib kelinganiga qaramay, 4 ta xo‘jalik suv tarmog‘iga ulanmay qolgani aytildi. Bundan tashqari, saylovchilar Kimyo shaxobchasiga tortib kelingan ichimlik suvi tarmog‘idan truba tortish orqali suv olib kelishda amaliy yordam so‘radi.

– O‘g‘lim anchadan buyon buyrak xastaligidan aziyat chekadi, – deydi Yerejep  Halilayev. – Shifokorlarning aytishicha, uni tezda operatsiya qilish kerak ekan. O‘g‘limni 2017 yilning dekabr oyida muddatli harbiy xizmatga jo‘natish uchun belgilangan 4 mln 218 ming so‘mni to‘laganim sababli, uning operatsiyasiga pul topib berolmayapman. O‘zimiz saylagan deput bilan muloqot tashkil etilayotganini eshitib, katta umid bilan bu yerga oshiqib keldim. Deputatlar ko‘magi bilan o‘g‘limni davolatib, uni yana hayotga qaytarsam armonim qolmasdi.

Muloqotda bildirilgan barcha murojaatlar O‘zLiDeP deputati tomonidan nazoratga olindi va mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.  

O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1913
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+