O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 76 yoshli otaxonga nogironlik aravachasi topshirdi

14.03.2018, 17:54

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 76 yoshli otaxonga nogironlik aravachasi topshirdi

O‘zLiDeP Andijon shahri Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan  Hoshimjon Razzoqov ko‘chasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan Shermamat Tojiyevga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi.

 – Turmush o‘rtog‘im xastaligi sababli “kirib-chiqolmaydigan” bo‘ldi, – deydi Kimyoxon Tojiyeva. – Oila a’zolarimiz bilan u kishiga qo‘limizdan kelgancha g‘amxo‘rlik qilyapmiz. Ammo nogironlik aravachasini sotib olishga moddiy imkoniyatimiz yetmasdi. Shu bois O‘zLiDeP tuman Kengashiga murojaat qildik. Partiya  sa’y-harakatlari bilan farzandlarimning otasi nogironlik aravachasiga ega bo‘ldi.

 “Ayollar qanoti” uzoq yillardan buyon nogironlari bor oilalarga ko‘maklashib kelmoqda.  Bu esa imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning ko‘ngliini ko‘tarib, hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

                      Xurshidaxon XALILOVA,

 O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisining

ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+