O‘zLiDeP sayyor qabulida marhamatlik Muhammadali Dadajonovga echkichilikni rivojlantirish uchun yer maydoni ajratildi

14.03.2018, 18:19

O‘zLiDeP sayyor qabulida marhamatlik Muhammadali Dadajonovga echkichilikni rivojlantirish uchun yer maydoni ajratildi

Marhamat tumanidagi Qishloq va suv xo‘jaligi kollejida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda “Gar-gar” mahallasida yashovchi Muhammadali Dadajonov tumanda echkichilikni rivojlantirmoqchi ekanini aytib, mutasaddilardan yordam so‘radi. Ushbu murojaat tuman hokimligi mutasaddisi tomonidan ijro uchun yozib olindi va nazorati O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shahlo Xusanovaga yuklatildi.

Bo‘riboshi mahallasida yashovchi A’zamxon Madaminov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U o‘zi yashab turgan hududdagi bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatida olib, xorijdan investitsiya olib kirish niyatida. Uning tumandagi foydalanilmay turgan binoni olish bo‘yicha qilgan murojaati Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashi deputati Xusanboy Sheraliyev tomonidan yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.

Toshloq mahallsidan Soliyaxon Siddiqova va Yangi hayot mahallasida yashovchi Mirzohid Ma’rufjonovlarning o‘z xonadonida issiqxona qurish hamda parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish bo‘yicha qilgan murojaatlari “UzMilliybank” tuman filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari tomonidan shu yerning o‘zida hal etildi.

–Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan so‘zlari ayni kunda har bir rahbarni xalq ichiga yanada chuqurroq kirib borishga undamoqda, – deydi O‘zLiDeP
Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Abdulhamid Imomov. – Bugungi sayyor qabul fikrimiz isbotidir. Aholining o‘z muammolariga yechim topayotgani fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Ta’kidlash kerak, sayyor qabulda aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

Olimjon TALIPOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+