Asosiy maqsad – saylovda munosib ishtirok etish

14.10.2014, 18:54

Asosiy maqsad – saylovda munosib ishtirok etish

Shu yilning 7 oktabr kuni O’zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovda munosib ishtirok etishini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
 

Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimizda 15 sentyabrdan saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi. O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishida partiyaning mazkur saylovda ishtirok etishi to‘Qrisida qaror qabul qilingan edi. 

Alohida ta’kidlanganidek, saylov fuqarolarning davlat hokimiyati organlari boshqaruvida o‘z vakillari orqali ishtirok etishdek Konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishidir. Muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu mas’uliyatli davr – saylov kampaniyasida munosib ishtirok etish O`zLiDePning asosiy maqsadi hisoblanadi. 

— Parlament quyi palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylov avvalgi saylovlardan tubdan farq qiladi, — dedi O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Codiqjon Turdiev. — Chunki bugungi saylovchining siyosiy darajasi, ongu tafakkuri yuksaldi. Ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashi kengayib, xalqimizning ertangi kunga ishonchi, islohotlarga daxldorlik hissi kuchaydi. Saylov esa ana shu o‘zgarishlar natijasini amalda ko‘rsatuvchi siyosiy tadbirdir. Shuning uchun ham dunyo hamjamiyati mazkur jarayonni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. 

Darhaqiqat, partiya Siyosiy Kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan VIII majlisida O`zLiDePning yangi Saylovoldi platformasi loyihasini tayyorlash jarayoni qizg‘in davom etayotgani alohida ta’kidlangandi. Endigi asosiy vazifa partiya s’ezdigacha bo‘lgan davrda mazkur dastur loyihasini hududlarda aholi keng qatlamlari o‘rtasida muhokamadan o‘tkazishdir. Ayniqsa, tadbirkor va fermerlar orasida shunday muhokamalarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Toki har bir mulkdor shu dasturda o‘zini o‘ylantiradigan masalalarning yechimini topish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Haqiqatan ham aholi qatlamlarini qiziqtirgan, elektorat ko‘nglida bo‘lgan intilishlarga javoblarni o‘zida mujassam etgan Saylovoldi platformasi bilangina saylovchilarning ishonchini qozonish mumkin.

Siyosiy Kengash majlisida muhokama etilgan masalalar ko‘lami siyosiy jarayon arafasida partiyamizning oldida naqadar katta ishlar turganligini ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, faollarimizdan o‘z faoliyatini yanada kuchaytirish, yangi talablar darajasida ishlashni talab qiladi. Zero, tadbirkorlik «qozon»ida qaynagan, ishbilarmonlik sir-asrorlarini yaxshi biladigan, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rgangan kishilarning partiya tomonidan mafkuraviy yo‘nalishda olib boriladigan ishlarga yetakchilik qilishi, tashabbuskorlikni namoyon etishini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda. 

Majlisda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Partiyaning Uchtepa tuman kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Dilshod Shoumarov O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib saylandi.

«XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasi 2014 yil 9 oktabr, 40 (568)

  • Ko'rildi
    2037
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sarvarbek2019-10-05 20:45:34

Agrar universiteti andijon filialida oquyman zavushniy osimliklarni ximoya qilish shu soxada ish bormi


Dastonbek2019-07-29 09:52:23

Assalomu alikum men qozog'istoning chimkent shahrida M.Avezov nomli unversetitining agranomya fakultetida землустройство yonalishida zavshni bolib taxsil olib kelmoqdaman endilikda shu o'qishimni Uzbekistonda davom etirmoqchiman yani perevod qilmoqchiman shu bo'yich menga aniq maslaxatinggiz kerak iltimos bu men uchun zarur oldindan raxmat.


Zohidjon2019-02-23 11:47:40

Men Toshkent tuqimachilik va yengil sanoat instituti tamomlaganman .tugri keladimi


Axrorjon2019-01-28 19:35:31

Farg'ona Davlat Unversiteti tuproqshunoslik yonalishinini 2017 yilda tamomlaganman.mutaxasisligim boyicha ish bormi +998941315778


Nilufar2019-01-08 11:21:04

Albatta, qishloq xo'jaligidagi ko'pgina islohotlar qatorida bu yangi inspeksiyaning tashkil etilganligi juda ham o'rinlidir. Chunki, O'zbekistondagi 80% aholi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa aksariyat aholi qishloq xo'jaligida mehnat faoliyatini yuritishini anglatadi.Shunday ekan, bu sohani tubdan isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday islohotlar va sohaga bo'lgan e'tibor uchun avvalo yurtboshimizga, qolaversa soha yetakchi mutaxassislariga kattakon rahmat. Sohaning bundan keyingi rivojiga muvafaqqiyat tilab qolaman. Men Toshkent davlat Agrar Universiteti " O'rmon xo'jaligi va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish" yo'nalishi IV - bosqich talabasiman. Ushbu sohada ishlab, faoliyat yuritish uchun ta'lim mutaxassisligim to'g'ri keladimi?


To'lqin2019-01-04 02:17:05

Men tarix fakultitini bitiruvchisiman. Bu soxa o'tadimi. Agar o'tsa dakumentlarni qayirga topshiraman. Oldindan raxmat


Zuhro 2018-12-20 22:47:55

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Zuhro 2018-12-20 22:47:54

Men Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali "Gidromelioratsiya" fakultetini tugatgan man o'qish davomida Suvnazorat inspeksiyaga ishlab kelganman Tugatilgan ishxonalarni xotin qizlarini ham yangi tashkil etilgan tashkilotga ishga olishlarini so'ragan bo'lar edim.Javob uchun oldindan rahmat +998936848429


Сайдулло2018-12-17 20:47:55

Албатта ушбу карор Кишлок хужалигини ривожлантиришга хамда халкимизни сифатли , хавфсиз озик овкат махсулотлари билан таьминлашга куйилган кадам.Айникса Кишлок хужалигининг" уругчилик "сохасидаги корупцион холатларнинг олдини олади деган умиддаман.


Navrozbek2018-12-07 17:19:21

Men Andijon qishloq xojaligi menejment fakjlteti menejment talim yonalishini 2018 yil tamomladim men 5oydan beri inspeksiyaga xujjat topshirdim aniq bir gap aytmayapti meni soxam tushadimi menga yordam berishizi soreyman 932542004


Fikringizni qoldiring

+