O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Chandirdagi oilaviy poliklinikaga oliy ma’lumotli ginekolog va stomatolog yuboriladi”

14.03.2018, 18:25

O‘zLiDeP sayyor qabuli: “Chandirdagi oilaviy poliklinikaga oliy ma’lumotli ginekolog va stomatolog yuboriladi”

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Mirishkor tumanidagi Chandir qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tomonidan 20ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, Chandir MFY oqsoqoli Otaulli To‘rayev 1987 yilda qurilgan drenaj tizimidagi nosozliklardan shikoyat qildi. Ushbu masala tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi. “Shodlik” MFY raisi Yusufjon Qodirov esa hududda yangi dehqon bozori qurishga amaliy yordam so‘radi. Uning murojaatini tuman hokimi o‘rinbosari To‘lqin O‘rinov tegishli tartibda o‘rganib chiqib, hozirda ta’mirtalab bo‘lib qolgan dehqon bozorini ishga tushirishni ma’lum qildi.

Chandir massividagi 32-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Sabina Shodiyeva esa qishloqdagi oilaviy poliklinikada oliy ma’lumotli ginekolog va stomatolog mutaxassislarining yo‘qligi katta muammo bo‘layotganini aytdi. Mazkur masalani ijobiy hal etish Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Sa’dulla Sharapov zimmasiga yuklandi va muammo tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ilhom Sharopovga deputatlik so‘rovi yuborish orqali yaqin kunlarda bartaraf etiladigan bo‘ldi.

Umuman, sayyor qabulda mahalla ahli tomonidan o‘rtaga tashlangan aksariyat murojaatlar tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida hal etildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1806
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+