O‘zLiDeP deputati Sanobar Ernazarovaga namunali uylardan birini olishida yordam beradi

14.03.2018, 19:07

O‘zLiDeP deputati Sanobar Ernazarovaga namunali uylardan birini olishida yordam beradi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan O‘zbekiston tumanidagi  “Dehqonobod” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda aholidan uy-joy, sud-huquq, kredit, bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, moddiy yordam, bepul ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, sayyor qabulda “Sochtepa” qishlog‘ida yashovchi Nozima Abdullayeva tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit olishda yordam so‘radi. Ushbu murojaatni ijobiy hal etishni tuman hokimi o‘rinbosari o‘z zimmasiga oldi. “Beshkapa” qishlog‘ida yashovchi Sanobar Ernazarova esa uy-joyga ehtiyoji borligini ta’kidladi. Shu bois u sayyor qabulda mutasaddilardan hududda qurilayotgan namunali uylardan birini olishda yordam so‘radi. Mazkur masalani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati nazoratga olib, namunali uylardan olishda amaliy yordam berishga va’da berdi.

Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyat qismi shu yerning o‘zida o‘z yechimini topdi, qolganlari bo‘yicha tuman mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1502
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+