O‘zLiDeP sayyor qabulida so‘xlik Mextar Botirovga futbol maydonchasi qurish uchun yer ajratib beriladigan bo‘ldi

15.03.2018, 18:41

O‘zLiDeP sayyor qabulida so‘xlik Mextar Botirovga futbol maydonchasi qurish uchun yer ajratib beriladigan bo‘ldi

- So‘x tumani Farg‘ona viloyati markazidan uzoqligi sabab tuman aholisi uchun kiyimlarni kimyoviy vositalar bilan tozalash xizmati mavjud emas. Men shu yo‘nalishdagi kichik korxonani tashkil qilishni rejalashtirgan edim lekin ba’zi to‘siqlarga duch keldim. Bugungi sayyor qabulga kelib deputatlarga murojat qildim va ular tomonidan murojaatimga ijobiy javob oldim. Tez orada o‘z tadbirkorligimni boshlab yangi ish o‘rinlari yarataman, - deydi  Oybek Yoqubjonov.

O‘zLiDeP So‘x tuman Kengashi tomonidan Navobod MFYda tashkil etilgan sayyor qabul davomida Oybekjon singari o‘ndan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.

Albatta, bunday masalalarni joyida hal etilishida O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining o‘rni katta ahamiyatga ega. Navobot MFYda yashovchi Mextar Botirov suniy qoplamali sport maydonchasi qurish uchun yer ajratilishini so‘rab deputatlarga murojaat qildi.  

-Qishlog‘imiz hududidan o‘tgan katta yo‘l yoqasida tashlandiq yer bor. Anchadan beri shu bo‘sh joyda qishlog‘imiz yoshlari uchun zamonaviy hamda suniy qoplamali futbol maydonchasi qurish niyatida edim, - deydi Mextar Botirov. - Sayyor qabulda meni taklifim e’tiborsiz qoldirilmadi.  Deputatlar yordamida menga yer ajratib beriladigan bo‘ldi.

Darhaqiqat, fuqarolarning murojatlari, ularni qiynayotgan masalalar echimi hech qachon bee’tibor qoldirilmaydi. Tashkil etilayotgan  sayyor qabullar davomida fuqarolarning masalalarini qonuniy hal etish yo‘llari soha mutaxassislari yordamida batafsil tushuntirilishi bilan birga amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi ta’minlanmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Исожон2018-05-08 20:16:25

Манам кушиламан йукоридаги фикрларга.


Фаррух Эназаров 2018-04-24 10:01:18

ЎзЛиДеП туман Кенгаши томонидан утказилаётган сайёр қабуллар ўзини ижобий натижасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+