O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari ko‘magida 3 nafar kollej bitiruvchisi ishga joylashdi

15.03.2018, 19:30

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari ko‘magida 3 nafar kollej bitiruvchisi ishga joylashdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch shahridagi “Gulnora atele mod” xususiy korxonasida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar ko‘makdoshi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

–Tadbirkorlik qilaman, o‘z biznesimni boshlayman, degan kishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, – deydi “Gulnora atel’e mod” xususiy korxonasi rahbari Gulnora Allayorova. – Shu bois hozir asosiy e’tiborni raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratyapmiz. E’tiborlisi, 6 turdagi kiyim-kechak ishlab chiqarilayotgan seximizda 15 nafar xotin-qizlar ish bilan band. Kelgusida tijorat bankidan 50 mln. so‘m kredit olib, qo‘shimcha 30 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtiryapmiz.  

Ta’kidlash kerak, bugun partiya “Ayollar qanoti” faoliyatidan xotin-qizlar hursand. Chunki partiya faollari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar davomida ko‘plab opa-singillarimiz bandligi ta’minlanib, ularning ko‘pchiligi o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqda. Urganchlik Shakarjon Ibragimova ham yaqinda o‘z biznesini boshlagan qizlardan biri.

–  2016 yilda Urganch maishiy kasb-hunar kollejini tamomlab ancha vaqt o‘zimga mos ish topolmadim, – deydi Sh.Ibragimova. – O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilib, “Gulnora atele mod” xususiy korxonasiga ishga joylashdim. Buning uchun partiya faollaridan minnatdorman.

Tadbir yakunida 5 nafar xotin-qiz partiya a’zoligiga qabul qilinib, 3 nafar kollej bitiruvchi ishga joylashdi.

    Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1362
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+