O‘ZLIDEP SIYOSIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

30.06.2014, 19:03

O‘ZLIDEP SIYOSIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

29 mart kuni poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar O‘zLiDeP partiyaviy tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining hisobot davridagi faoliyati yakunlarini, shuningdek, partiya tashkilotlarining partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.  

Siyosiy Kengashda qayd etilganidek, partiya tuzilmalari faoliyati O‘zLiDeP dasturiy hujjatlari, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek, Prezidentimizning mamlakatimiz Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir” nomli ma’ruzasida belgilab berilgan asosiy tamoyillari asosida quriladi. 

Ma’ruzada jamiyatni yanada liberallashtirish va modernizatsiyalash, iqtisodiyotni barqaror va izchil rivojlantirishni ta’minlash, xalq farovonligi va turmushi sifatini o‘stirish, deputatlik vakillik organlarining mamlakat siyosiy tuzumidagi roli va mavqeini oshirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarning muvozanatli taqsimlanishini ta’minlash, davlat organlari ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazorati sohalaridagi ustuvorliklar aniq belgilab berilgan. 

Yig‘ilish ishtirokchilari davlatimiz rahbarining bu g‘oyalari mamlakatimiz Prezidenti tomonidan parlament muhokamasiga kiritilgan va yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalarga) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topganini alohida ta’kidladi. 

Qabul qilingan qonun demokratik islohotlarni, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalaridagi liberallashtirish jarayonlarini, davlat va konstitutsiyaviy tuzumni izchil o‘zgartirish va demokratik yangilashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu qonun Konstitutsiya me’yorlarini jamiyatimiz hayotidagi jadal o‘zgarishlarga, amalga oshirilayotgan demokratik, liberal islohotlarga muvofiqlashtirishni ta’minlashda, asosiy qadriyat inson, uning huquq va erkinligi hisoblanadigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga” tamoyilini amalga oshirishni davom ettirishda ulkan ahamiyatga ega.  

 

Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar parlamentarizmning yanada rivojlanishiga kuchli turtki beradi, siyosiy partiyalarning o‘z dasturiy vazifalarini samarali amalga oshirishi, demokratik jamiyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lmish ko‘ppartiyali tizim va partiyalararo raqobatning mustahkamlanishi uchun sifat jihatdan yangi imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, ular siyosiy partiyalarning amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi uchun mas’uliyatini oshiradi. Ularning huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, O‘zbekistonning buyuk kelajagini qurishda hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini yuksaltiradi. Shunga muvofiq, partiya tuzilmalari va uning deputatlik birlashmalari oldiga ulkan vazifalar turibdi. 

Yig‘ilish ishtirokchilari ta’kidlaganidek, Prezidentimiz Konsepsiyasi va “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlarini, bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ulushi ko‘lamini kengaytirish hamda partiya uchun ustuvor bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar doirasida bir qator loyihalar amalga oshirildi. 

Birgina O‘zLiDeP fraksiyasining o‘zida Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritilgan 40 dan ortiq qonun loyihasi partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, elektorat manfaatlaridan kelib chiqqan holda sinchkovlik bilan o‘rganildi va ular bo‘yicha pozisiya ishlab chiqildi. Deputatlar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fermerlik harakatini, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va hokazolar yuzasidan 8 ta qonun bo‘yicha tashabbuskorlik ko‘rsatdi. Partiya deputatlik birlashmalari tomonidan ijroiya hokimiyati vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha 681 ta, jumladan,  qulay biznes muhitini yaratish masalalari bo‘yicha 293 ta tinglovi va hokazolar o‘tkazildi. Partiya ko‘magida 3000 dan ortiq xotin-qiz va yoshlar o‘z biznes loyihalarini boshlash va amalga oshirish uchun tijorat banklaridan jami 24 milliard so‘mlikdan ortiq imtiyozli kredit oldi. Fermerlar kengashi bilan hamkorlikda 3500 dan ortiq fermerga bajarilgan shartnomalar bo‘yicha turli tashkilotlardan 12,5 milliard so‘m mablag‘ qaytarilishi yuzasidan huquqi   y yordam ko‘rsatildi. 

Tadbirda qayd etilganidek, partiya hisobot davrida amalga oshirgan ishlarini davom ettiradi. Yig‘ilishda O‘zLiDeP partiyaviy tuzilmalari va deputatlik birlashmalari faoliyati muhim masalalarni hal etish nuqtai nazaridan tanqidiy muhokama etildi. Partiya faoliyati davlat va jamiyat hayotini liberallashtirish sur’ati va talablariga qanchalik mos keladi? Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mamlakatni isloh etish va modernizatsiyalashning strategik vazifalarini hal etish, elektorat manfaatlarini himoya qilishda qanchalik ishtirok etmoqda?

Xususan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridagi partiya deputatlik guruhlari faoliyatida bu sohalardagi kamchiliklar va foydalanilmagan zaxiralar tilga olindi. Sirdaryo va Navoiy viloyatlari partiyaviy tuzilmalar faoliyati qoniqarsiz baholandi. Tegishli tashkiliy xulosalar chiqarildi. 

Yig‘ilish qatnashchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni  rivojlantirishning muhim vazifalarini hal etish, izchil rivojlanishni va xususiy mulkni, mulkdorlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida qonunchilikni rivojlantirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash uchun partiya tuzilmalari, partiya deputatlik korpusi salohiyatidan to‘la foydalanish bo‘yicha ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. 

Deputatlar, partiya quyi tashkilotlari va boshqa tuzilmalarining partiya Ustavi va Dasturida belgilab qo‘yilgan vazifalarini hal etish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishdagi tashabbuskorligini oshirish haqida qaror qabul qilindi. Hokimiyatning vakillik organlari sessiyalari va doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida takliflarni faol olg‘a surish, deputatlik birlashmalari nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish va maqsadli yo‘naltirilganligini ta’minlashning muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Parlamentdagi fraksiya o‘zining qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini yanada faollashtirishi zarur. Deputatlik so‘rovi bilan murojaat etish, tegishli masalalar, jumladan, mansabdor shaxslar hisobotlarini tinglash va hokazolar bo‘yicha takliflar kiritish kabi mexanizmlardan yanada faol foydalanish lozim. 

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1901
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

С.Рахимов- -O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши раиси2018-05-15 15:57:00

Давлатимиз рахбари томонидан II-жахон уруши қатнашчиларини рагбатлантириши улкан бир мехру-садоқатдан далолат.


Жиззах вилояти Зарбдор тумани "Қишлоқхўжаликкимё" БПТ раиси Умаров Мухаммад2018-05-14 18:26:38

Давлатимиз раҳбарининг уруш қатнашчиларини рағбатлантириши, имтиёзлар бериши уларга бўлган ҳурмат эътибордан далолат беради.Ушбу тадбир хар бир Ўзбекистон фарзанди қалбида юксак ғурур ва ифтихор уйғотди. Биз ёшлар эса бу қилинаётган хайрли ва савобли ишларни ўзимиз амал қилиб олишимиз керак.


Эшмаматов Мансур ЎзЛиДеП Қизириқ туман Кенгаши депутати2018-05-14 10:32:29

бугунги кундаги тинчлигимиз учун курашган ота-боболаримизни эъзозлаш энг улуг ишдир


Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-05-11 17:46:29

ЎзЛиДеП Бухоро вилояти ҳамда туман ва шаҳар Кенгашлари томонидан ҳам кўплаб тадбирлар ташкил этилди. Бизнинг шундай мусаффо осмон остида тинч-тотув яшашимиз учун жонини фидо қилган ота-боболаримиз хотираси абадийдир. Байрам куни бугун чиройли умргузаронлик қилаётган уруш қатнашчилари ҳамда фронт орқасида фидокорона меҳнат қилганлар эъзозландилар. Биз уларга соғлик ва узоқ умр тилаймиз. Уларга бўлган юксак эътибор учун ҳаммага ташаккур айтамиз.


М.Умаров Кармана туман аппарат раҳбари2018-05-11 16:59:43

Бундай тинчлик замонлар учун жон фидо қилган ота-боболаримиз ва ҳозирги кунгача яшаб келаётган уруш қатнашчилари биз учун ҳаёт мактабининг ибрат намунасидир!Давлат раҳбарининг уруш қатнашчиларини рағбатлантириши ва уларга доимо эьтиборда бўлиши бунга мисол.


Наврўзбек Мукимжонович2018-05-11 16:56:12

Мамлакатимизнинг барча худудларида Хотира ва Қадрлаш куни билан ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган ғалабанинг 73 йиллигига бағишлаб, кўблаб тадбирлар ташкил этилмоқда. Мухтарам Президентимиз ташаббуси билан Иккинчи жаҳон уруши қатнашганларига қимматбахо совғалар ва пул мукофотлари берилаётганлиги ҳамда ўз соҳаларининг ривожига муносиб хисса қўшган мехнат фахрийларнинг холидан хабар олинаётганлиги бу юксак эътиборнинг намунасидир.


Танирбергенов Байрамбай Аскербаевич2018-05-11 11:40:04

9 май Хотира ва қадрлаш куни юртимизда кенг миқёсида белгиланмоқда. Президентимиз ташаббуси билан байрам тадбирини мана шундай кўринишда нишонлаш бўйича берган таклифи халқимизга жуда маъқул бўлмоқда.


Умиджон Баракаев ЎзЛиДеП Янгиобод туман Кенгаши депутати2018-05-10 19:11:31

Иккинчи жаҳон урушида мамлакатимиздан 1 ярим миллиондан ортиқ аҳолимиз иштирок этишган. Ушбу урушда вафот этган ватандошларимизнинг рухлари шод охиратлари обод бўлсин.


O`zLiDeP Қизилтепа туман бўлими ижрочи котиби Сарвиноз Холматова2018-05-10 17:18:18

Муҳтарам Президентимиз Ш.Мирзиёев томонидан кўрсатилаётган улкан эътибор нафақат иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларини, балки барча юртдошларимизни доимий эъзозда эканлиги барчамизга аён. 9 май Хотира ва қадрлаш кунига бағишлаб ўтказилган байрам тадбирида ёши улуғ отахон ва онахонларимиз, барча фахрийларимизни хурсандчиликларини кўриб биз ҳам жуда хурсанд бўлдик. Давлатимиз раҳбарининг уруш қатнашчиларини рағбатлантириши, имтиёзлар бериши уларга бўлган ҳурмат эътибордан далолат беради.Ушбу тадбир хар бир Ўзбекистон фарзанди қалбида юксак ғурур ва ифтихор уйғотди. Биз ёшлар эса бу қилинаётган хайрли ва савобли ишларни ўзимиз амал қилиб олишимиз керак.


Жиззах вилояти Олимлар МФЙ БПТ раиси Х. Файзуллаев2018-05-10 16:08:52

Инсонларни қадрлаш - одамийликдир


Fikringizni qoldiring

+