“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” ishbilarmon ayollar uchun muloqot maydonini yaratmoqda

16.03.2018, 17:28

“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” ishbilarmon ayollar uchun muloqot maydonini yaratmoqda

Furqat tumanida “O‘zLiDeP  – tadbirkor va fermer ayollar himoyachisi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda partiya tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” haqida batafsil ma’lumot berildi.

- Partiya qoshida “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” tashkil etilgani bizni quvontirdi, - deydi  “Al Mansur” ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari O‘ktamxon Davronova.  - Ushbu guruh  mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘mak bermoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur guruh ishbilarmon ayollarning o‘zaro tajriba  almashishlari uchun imkoniyat yaratmoqda.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga  oshirishda tadbirkor va fermer ayollar safini kengaytirishda, ularning faolligini qo‘llab-quvvatlash, yirik tadbirkorlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, o‘zaro erkin fikr almashishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish kabi amaliy ishlarni kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. 

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1548
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+