O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashidagi ayrim BPT faoliyati tanqid qilindi

16.03.2018, 17:36

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashidagi ayrim BPT faoliyati tanqid qilindi

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi tasarrufida ayni vaqtda 43 ta boshlang‘ich partiya tashkilotidagi 1159 nafar partiya a’zolari bir-biriga yelkadosh bo‘lib kelmoqdalar. Ularda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida yutuqlardan havolanmay, mavjud kamchiliklarga barham berish choralari belgilanmoqda.

Jumladan, Andijon tuman Markaziy shifoxonasi qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti 2004 yilda 6 nafar partiya a’zosi bilan tashkil etilgan. O‘tgan davr davomida quyi tuzilmada a’zolar soni faqatgina 32 nafarga yetgan, mazkur raqam kutilgan raqam emasligi ayon. Ammo son emas, sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishligi asosiy maqsad bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda ham aytarli imkoniyatlar yuzaga chiqmagani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan vaqt oralig‘ida tayanch bo‘g‘in qator yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, biroq kamchiliklardan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.

-Mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotida yo‘l qo‘yilgan xatolar oshkora aytildi, - deydi O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi ijrochi kotibi Naziraxon Tolipova. – Jumladan, quyi tuzilma tomonidan hududlardagi aholini qiynayotgan muammolar yechimiga alohida e’tibor berilmagani, siyosiy maydondagi islohotlar yuzasidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni tashkillashtirishga qattiq tanqid ostiga olindi. Kamchiliklarni barataraf etishlari uchun kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Hisobot yig‘ilishi davomida boshlang‘ich partiya tashkiloti rahbari etib G.Davronova va uning o‘rinbosari vazifasiga N.Qo‘chqarova nomzodi tavsiya etildi, ular bir ovozdan ma’qullandi.

Xuddi shunday xisobot-saylov yig‘ilishi tumandagi “Gulsum” ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘lib o‘tdi. Unda ham quyi bo‘g‘in faoliyati mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy baholanib, ularni barataraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Quyi tuzilma rahbari etib Sh. Xojibekov hamda uning o‘rinbosari vazifasiga M.Axmedovalar qayta saylandilar.

Abror Xonto‘rayev,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi BPTlar bilan

ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1238
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+