“SAFO collection”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashkil etildi

16.03.2018, 18:01

“SAFO collection”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashkil etildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Norin tumanidagi “Olis koinot” MChJda ochiq muloqot tashkil etildi. Unda  mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarda O‘zLiDePning ishtiroki xususida so‘z yuritildi.  

–Korxonamizda “SAFO” brendi ostida zamonaviy eksportbop,  import o‘rnini bosuvchi bolalar ustki kiyimlari ishlab chiqariladi, –deydi “Olis koinot” MChJ direktori Dilshodbek Xolmirzayev. – Hozirda mahsulotlarimiz respublikamizdagi 30 dan ortiq savdo markazlari orqali ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Kelgusida mahsulotlarimizni xorijga eksport qilish niyatimiz bor.

Tadbir davomida korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksportga yo‘naltirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbir so‘nggida korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib, ishchi-xodimlarning 5 nafari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Ibrohim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1399
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+